Kontent qismiga oʻtish

Gvardiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gvardiya (ital. — guardia) — harbiy qushinning saralangan imtiyozli qismi. G. dastlab, Italiyada 12-asrda paydo boʻlib, davlat bayrogʻini qoʻriqlovchi sara askariy qism (karochchio)ni anglatgan. Muntazam qoʻshinlar (asosan yollanma askarlardan tuzilgan) vujudga kelishi bilan ichki (hukmdorni qoʻriqlovchi) va tashqi (jangovar maqsadlarda) harbiy qismga boʻlinib, boshqa qismlarga nisbatan qurol-yarogʻi, kiy-imi va taʼlimi yaxshi boʻlgan. Keyinchalik Fransiya (15-asr boshi), Angliya, Shvesiya, Rossiya, Prussiya (17-asr) va b. mamlakatlarda paydo boʻlgan. Rossiyada G. (leyb-G.) 17-asr 90-yillarida Pyotr I tomonidan tuzilgan (1918-yil bekor qilingan). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) sovet qurolli kuchlarining janglarda oʻrnak koʻrsatgan qismlari, kemalari, qoʻshilma va birlashmalariga G. unvoni berilgan. G. mazmunidagi askariy qism Oʻrta Osiyo xalqlarida ham qadimdan mavjud boʻlgan. Mas, Somoniylar davralg turk gʻulomlaridan ibo-rat qism, Chingizxon va Amir Temur qoʻshinida bahodirlar qismi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23 yanvar dagi qaroriga binoan respublika Qurolli Kuchlariningtarkibiy qismi — milliy gvardiya tuzilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil