Olmaotishgan arxeologik majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Olmaotishgan arxeologik majmuasiXiva shahridan 18 km sharqda Yangiariq tumani Kattabogʻ qishlog’i hududida Olmaotishgan – I va Olmaotishgan – II arxeologik yodgorliklari joylashgan. Olmaotishgan – I ning tarhi aylana xolda boʻlib, uning hajmi 115–90 m. Yodgorlikni qadimda mudofaa devori bilan oʻrab olingan boʻlib, bu devorlar 40x40x10 sm li kvadrat xom g’ishtlardan tiklangan. Devorda burjlar qoldig’i sezilib turibdi. Yodgorlik devorining yer sathidan saqlanib qolgan balandligi turlicha boʻlib, 2 m dan 7–8 m gachani tashkil etadi. SHimoli - gʻarbiy tomonidagi burchakda darvoza joylashgan boʻlib, kengligi 4 m. Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, yodgorlikning qurilishi va rivojlanish tarixi milodiy I asrdan to afrig’iylar davlati faoliyati oxirigacha boʻlgan davr bilan bogʻlaydilar.2 Olmatishgan – II – “Olmaotishgan – I” yodgorligidan 130–150 m janub-sharqda joylashgan, uning tarhi to’g’ri burchak shaklda (280x160m). Yodgorlikning gʻarbiy tomonidagi devorda arxeologik qazish ishlari olib borilishi natijasida mudofaa devorda uchta qurilish davri mavjudligi aniqlandi. Birinchi qurilish davrida paxsa devor tekis hududga qurilgan, kengligi 2m, balandligi 0,85 sm. Ichki devor ham paxsadan tiklangan, uning qalinligi 1,5m, balandligi 0,85sm, ular oʻrtasidagi 2m kengligida yo’lak oʻtgan. Bu qurilish davrida mudofaa devor qalinligi 5,5m boʻlgan, burji yarim aylana paxsadan tiklangan. Ikkinchi qurilish davrida tashqi va ichki devori kvadrat xom gʻishtdan qurilib, balandligi 1,5m.(36x36x8, 33x33x10sm). Bu davrda mudofaa devorida yoʻlak hajmida oʻzgarish sezilmaydi, (yaʼni 2m). Uchinchi qurilish davrida tashki va ichki devorga paxsa devor qurilgan boʻlib, uning saqlanib qolgan balandligi 1m. Yoʻlak ham paxsa bilan toʻldirilishi natijada mudofaa devorining yuqori qismi qalinligi 4m boʻlgan. Devor, oʻz navbatida, yon tomonga oʻsib chiqqan yarim aylanali burjlar bilan kuchaytirilgan boʻlib, ular oʻrtasidagi masofaa 27m. Devor va burjlar shinaklar bilan mustahkamlanmagan.

Manbalar[tahrir]

{1. Gʻulomov Ya.Gʻ. Xorazmning sugʻorilish tarixi. Toshkent, “«Fan»”, 1959, 89-bet; 2. Мамбетуллаев М. Городище Алмаатыshган № 1-2. Вестник КК «Фан» УзССР, N 4, 1982; 3. Matrasulov SH., Sobirov Q. Olmaotishgan yodgorligidagi arxeologik tadqiqotlar. Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane. 2001 g, Samarqand, 2002,str. 104-107.