Xol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xolzargarlik buyumi; ayollar yuzi (peshona va chakkasi)ga taqadigan bezak, taqinchoq. Mastika (yumshoq mum) dan kichkina hajmda doyra shaklida yasalib, hallangan. X. yuzga qiyom yoki asal bilan 1 donadan yopishtiriladi; xuddi shunday shakldagi buloqi ham X. (xolbini) deb atalgan. X. oʻtmishda yomonlikdan saqlovchi, asraguvchi maʼnosiga ega boʻlgan; shuning uchun X. avval himoyalovchi, soʻng bezak vazifasini bajargan. Baqtriya (2-asr), Dalvarzintepa (3-asr) va boshqalardan topilgan peshonasida yasama X. boʻlgan haykallar X.ning qad.ligidan darak beradi.