Ollie Watkins
|
Watkins Angliya tarkibida (2026-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oliver George Arthur Watkins | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 30-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Torquay,Angliya | ||
| Boʻyi | 5 fut 11 inches (1.80 m)[1] | ||
| Ampluasi | Markaziy hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Hilal | ||
| Raqami | 11 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2014 | Exeter City | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014—2017 | Exeter City | 68 | (21) |
| 2014—2015 | → Weston-super-Mare | 24 | (10) |
| 2017—2020 | Brentford | 132 | (45) |
| 2020—2026 | Aston Villa | 221 | (91) |
| 2026— | Al-Hilal | 1 | (1) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2021— | Angliya | 24 | (7) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 1-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 18-iyul uchun) | |||
Oliver George Arthur Watkins (1995-yil 30-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Saudiya Pro-ligasining „Al-Hilal“ va Angliya milliy jamoasida markaziy hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Uotkins „Exeter City“ akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, aynan shu klubda oʻzini koʻrsata olgan. 2017-yilda „Brentford“ga oʻtishdan oldin u EFLda „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritgan. Uotkins „Brentford“dagi uch yillik faoliyati davomida katta muvaffaqiyatlarga erishdi: 2019–2020-yilgi mavsumda Chempionshipning qoʻshma toʻpurari boʻldi va 2020-yilda Chempionshipda „Yil oʻyinchisi“ deb topildi.
2020-yil sentyabr oyida Uotkins oʻzining hozirgi klubi — „Aston Villa“ bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil may oyida u 2023–24-yilgi mavsum uchun Premyer-liganing „Mavsum pleyeymeykeri“ deb eʼlon qilindi. 2025-yilning may oyida esa Gabriel Agbonlahorning 74 gollik rekordini yangilab, „Aston Villa“ning Premyer-ligadagi barcha davrlar toʻpurariga aylandi.
Uotkins Angliya milliy terma jamoasidagi debyutini 2021-yil mart oyida Jahon chempionati saralashi doirasida San-Marino terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi va shu oʻyinda oʻzining ilk xalqaro golini ham kiritdi. Shundan soʻng Uotkins UEFA Yevro–2024 va FIFA Jahon chempionati–2026 musobaqalarida Angliya sharafini himoya qildi.
Yoshlik yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliver George Arthur Watkins[2] 30-dekabr 1995-yilda[3] Devonning Torquay shahridagi Torbay shifoxonasida tugʻilgan[4]. U yaqin atrofdagi Nyuton abbot shaxrida oʻsgan va Ashburton South Dartmoor Community Collegeda oʻqigan[5]. Watkins oʻsmirlik davrida Arsenal muxlisi boʻlgan[6].
Klubdagi faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Exeter City
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshlangʻich faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Watkins 2003-yilda 9 yoshida klubning baʼzi sinovlaridan oʻtganidan soʻng U11 darajasida Exeter City akademiyasiga qoʻshildi[7]. U 2012-yilda yoshlar safida stipendiya shartnomasini imzolash uchun ancha harakat qildi va 2013-14-yilda jamoa bilan Futbol ligasi yoshlar ittifoqi Janubiy Gʻarbiy konferentsiyasini yutgan mavsumida U18 jamoasi safida 30 ta gol kiritganidan keyin 2014-yil aprel klub bilan oyida ikki yillik professional shartnoma imzoladi[8][7][9]. Watkins 2013-14-yilgi mavsum „Hartlepool United“ga qarshi oʻtgan Ikkinchi liga yakuniy oʻyinida zahiradan tushib oʻzining klub safidagi debyutini qildi, jamoasi 2-0 hisobida gʻalaba qozongan ushbu uchrashuvda 77-daqiqada Aaron Dawson oʻrniga maydonga tushdi[10].Watkins 2014-15-yilgi mavsumining birinchi uch oyida Pol Tisdale tomonidan tez-tez zahiradan maydonga tushurilgan, oʻzining birinchi golini(2014-yil 7-oktabr kuni Futbol ligasi trofeyasi doirasidagi Coventry Cityga qarshi 3-1 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvning ikkinchi boʻlimida) kiritganiga qaramay, u jamoa safida boy yoʻgʻi 3 marta maydonga tushganva 2014-yil dekabr oyida Weston-super-Mare jamoasiga ijara asosida transfer qilingan[11][12][13].
2014-yilning 8-dekabr kuni Watkins Conference South klubi Weston-super-Marega bir oylik ijara asosida oʻtadi[14] .Uzaytirilgan ijara muddatidan soʻng [15], Watkins 2014–15- yilgi mavsumning oxirigacha klub safida qoldi[12]. U mavsum davomida muntazam oʻyinga tushdi va oʻzining klubiga qaytgunga qadar 10 ta gol urdi[16].
2015-2017: Ilk jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-16-yilgi mavsumni dastlabki 2 oyida maydonga tushurilmagandan soʻng, Watkins 2015-yil oktyabr oyida futbolchilar roʻyxatiga kiritilgach, liga doirasidagi bahslarda ilk bor koʻrinish berdi[17][18]. Uning 6-dekabr kuni Plymouth Argyle ustidan 2-1hisobida Devon derbisida qozongan gʻalabasida urgan goli u uchun debyut gol boʻldi. Exeter City bilan keyingi oʻyinda 2-0 hisobida FA Cupning ikkinchi raunddagi Port Vale ustidan gʻalabani qoʻlga kiritdi. 2016-yil mart oyida Watkins doimiy asosiy tarkibga kiritilgan. Mart oyida u ajoyib oʻyin oʻtkazdi, olti oʻyinda toʻrtta gol urib, Football League oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va PFA muxlislarining oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinlarini qoʻlga kiritdi[19][20] .Uning gol urish seriyasi aprel oʻrtalariga qadar davom etdi va 10 ta oʻyinda 8 ta gol urdi. Watkins 2015-16 yilgi mavsumni 22 ta oʻyinda 10 gol bilan yakunladi[18].
Brentford
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 18-iyul kuni Watkins Brentford jamosiga toʻrt yillik shartnoma bilan qoʻshildi, 1,8 million funt evaziga[21].U Brentford safida 8-avgust kuni EFL kubogi birinchi raundida AFC Wimbledon darvozasiga birinchi golini kiritdi[22].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ollie Watkins: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (2020-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Ollie Watkins: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „From the playing fields of South Devon to England and the World Cup – star footballer Ollie does mum and family proud“. Torbay Weekly. Clear Sky Publishing (2021-yil 25-mart). 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
- ↑ Robertson, Gregor. „Ollie Watkins's mum: I used to drive him to training – then rush back to get on stage“. The Times (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „Ollie Watkins: 'I'm an Arsenal fan – my grandad won't be too happy!'“. Evening Standard (2020-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.
- 1 2 Baker, Derek. „Feature article: Ollie Watkins – one of our own“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- ↑ „Watkins: "I want to prove what I can do"“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ „Exeter City hand professional deals to three young starlets“. Western Morning News (2014-yil 14-aprel). 2014-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-may.
- ↑ „Games played by Ollie Watkins in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Ollie Watkins Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- 1 2 „Brentford FC Get to know Ollie Watkins“. Brentford F.C.. 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ „Games played by Ollie Watkins in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Exeter City: Ollie Watkins and Matt Jay loaned to Weston-super-Mare“. BBC Sport (2014-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
- ↑ „Watkins extends loan with Weston-super-Mare“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- ↑ „O. Watkins: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Ollie Watkins Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- 1 2 „Games played by Ollie Watkins in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „EFL Official Website Ollie Watkins named Football League Young Player of the Month“. English Football League. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ „Ollie Watkins Wins PFA Player Of The Month For March“. Exeter City F.C.. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- ↑ „Brentford agree £1.8m deal to sign Exeter striker Ollie Watkins“. Sky Sports. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
- ↑ „AFC Wimbledon 1–3 Brentford“. BBC Sport (2017-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Ollie Watkins“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Ollie Watkins Al Hilal SFC saytida
- Ollie Watkins Futbol assotsiatsiyasi saytida
- Ollie Watkins – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 30-dekabrda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Navboxes template with no content
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Exeter City F.C. futbolchilari
- Weston-super-Mare A.F.C. futbolchilari
- Brentford F.C. futbolchilari
- Aston Villa F.C. futbolchilari
- Al Hilol SFC klubi futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Angliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
