Oleg Lutkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Lutkov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleg Anatoliyevich Lutkov
Tavallud sanasi 15-may 1966-yil (1966-05-15) (57 yosh)
Tavallud joyi Zaporojye, Ukraina
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
PFC Sumi (Murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Metallurg Zaporojye
Zarafshon Navoiy
Hisor Shahrisabz
Paxtakor Toshkent
Zvezda Jizzax
Zvezda Irkutsk
Torpedo Melitopol
Torpedo Zaporojye
Boshqargan klublari
1991—2001 FC Metallurg Zaporojye
2001—2002 FC Metallurg-2 Zaporojye
2002—2003 FC Metallurg Zaporojye
2003—2005 FC Krymteplitsia Molodijniy
2005—2007 FC Ihroservice Simferopol
2007—2008 FC Lviv
2008—2009 FC Metalurg Zaporojye
2010—2011 FC Metalurg Zaporojye
2012—2013 FC Arsenal Bila Tserkva
2013—2014 FC Tytan Armyansk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oleg Anatoliyevich Lutkov (ukraincha: Олег Анатолійович Лутков; 1966-yil 15-may kuni Zaporojye shahrida tugʻilgan, Ukraina) — ukrainalik futbol murabbiyi va sobiq darvozabon. U hozirda PFC Sumi jamoasini boshqarmoqda.

Oleg Anatoliyevich Lutkov 1966-yil 15-mayda Ukrainaning Zaporojye shahrida tugʻilgan. Otasi — Lutkov Anatoliy Vasilovich, velosport boʻyicha sport ustasi. Onasi — Lyudmila Pavlivna Lutkova, velosport boʻyicha sport ustaligiga nomzod.

1982-yilda Zaporojye shahridagi „Metallurg“ futbol maktabini tamomlagan. Oʻsha yili Moskva shahrida 1965-1966-yillarda tugʻilgan futbolchilar oʻrtasida futbol boʻyicha SSSR chempionatida jamoasi bilan kumush medali sovrindori boʻlgan. Maktabni tugatgach, Lutkov Xarkov jismoniy tarbiya va sport institutiga oʻqishga kirdi.

18 yoshida O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. „Hisor“ (Shahrisabz) klubida oʻynagan. Oradan 3 oy oʻtib Oliy liganing „Paxtakor“ (Toshkent) klubidan taklif oldi. 1986-yilda „Sugʻdiyona“ (Jizzax) klubida oʻynay boshladi. Ikki yil oʻtgach, qisqa vaqt ichida Zaporojyega qaytib keldi va u yerda olti oy davomida „Torpedo“ (Zaporojye) jamoasida oʻynadi. Keyin yana Oʻzbekistonga qaytdi va „Zarafshon“ (Navoiy) klubiga oʻtdi. 1991-1992-yillarda „Zvezda“ (Irkutsk) klubida oʻynagan.

1993-yildan beri u Ukrainaning „Torpedo“ (Melitopol), „Metallurg“ (Zaporojye), „Viktor“ (Zaporojye), „Krivbas“ (Krivoy Rog) klublarida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini 1999-yilda „Metallurg“ (Zaporojye)da yakunlagan.

2000-yildan boshlab murabbiylik faoliyatini boshlagan. Bosh murabbiy sifatida „Metallurg-2“ (Zaporojye), „Metallurg“ (Zaporojye), „Krimteplitsiya“ (Molodijne), „Dinamo-IgroServis“ (Simferopol), „Arsenal“ FK jamoalarini boshqargan.

„Krimteplitsia“ FK bilan Ukraina chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi, jamoani birinchi ligaga olib chiqdi. Uning qoʻl ostida „Krimteplitsa“ FK 23 oʻyinda magʻlubiyatsiz oʻynagan.

2002-yilda Lutkov UEFA kubogida Angliyaning „Lids Yunayted“ klubiga qarshi oʻyinda (0:1, 1:1) „Metalurg“ (Zaporojye) klubini boshqargan.

Oleg Lutkov Stanislav Bogush, Oleksiy Godin, Taras Stepanenko, Dmitri Nevmyvaka, Volodimir Juk kabi futbolchilarni tarbiyalagan.

2015-yilning yozida Oleg Lutkov Rivnening „Veres“ FK bosh murabbiyi etib tayinlandi[1].  U boshchiligidagi klub Ikkinchi liga chempionatida qishki tanaffusda uchinchi oʻrinda edi, biroq 11-noyabr kuni Oleg Lutkov oilaviy sharoit tufayli isteʼfoga chiqqani haqida klubning rasmiy bayonoti tarqatildi[2].

2019-yil 19-martda Lutkov „Sumi“ PFK bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рівненський «Верес» очолив тренер з досвідом Кубка УЄФА“ (deadlink). 2015-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-avgust.
  2. „Офіційна заява“ (deadlink). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-noyabr.