Gʻizollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ohulardan yoʻnaltirildi)

Gʻizollar, ohular — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugi. Uz. 85—170 sm, yagʻrinidan balandligi 50—110 sm, shoxi erkagi va urgʻochisida (jayranning urgʻochisi shoxsiz) lirasimon, uz. 25— 80 sm. 12 (boshqa maʼlumotga qaraganda 27 ga yaqin) turi bor. Afrika, Gʻarbiy Osiyo, Markaziy, Oʻrta va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Choʻl, dasht, oʻrmon-dasht, tekislik va togʻli hududlarda (3.5 ming m balandlikkacha) yashaydi. Oʻzbekistonda 1 tur — jayran tarqalgan. Gʻ. soni kamayib ketgan, bir qancha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.