Oʻrmon-dasht zonalari
Oʻrmon-dasht zonalari — moʻtadil va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Bu zonalar tabiiy landshaftida oʻrmonlar bilan dashtlar almashinib keladi. Moʻtadil mintaqalarda materiklar ichki qismida keng maydonlarni egallagan. Yevrosiyoda Dunayboʻyi pasttekisligidan Oltoy togʻlarigacha tutash zona hosil qiladi. Soʻngra Mongoliya va Uzoq Sharqda, Xitoyning shim,sharqida ham mavjud. Shimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklari orqali 38° shahrik.gacha choʻzilgan. Bu zonalarda qish sovuq va qorli boʻladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2° dan —20° gacha, iyulniki 18° dan 25° gacha. Yogʻin miqdori 400– 1000 mm, koʻp qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Tuproqlari xilmaxil. Oʻsimliklari kichik-kichik oʻrmonzorlar va dasht oʻtloqlaridan, hayvonot dunyosi oʻrmon va dasht hayvonlaridan iborat. Moʼtadil mintaqalarning Oʻrmon-dasht zonalarida keng bargli, igna bargli, mayda bargli oʻrmonli dashtlar va preriya zonalari mavjud. Subtropik mintaqalarning Oʻrmon-dasht zonalariz. Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika subtropiklarida joylashgan. Afrikada va Avstraliyada ham ayrim joylarda Oʻrmon-dasht zonalariz. uchraydi. Janubiy Amerika Oʻrmon-dasht zonalarining ichki oʻlkalari daraxtsiz savanna va pampa bilan band. Iqlimi subtropik mussonli, qishi iliq, yozi issiq. Eng sovuq oyning oʻrtacha temperaturasi 4—12°, eng issiq oyniki 20—24°, yogʻin miqdori 600–1200 mm. Oʻsimliklar vegetatsiyasi yil boʻyi davom etadi. Tuproqlari unumdor. Daraxt oʻsimliklari koʻproq daryo vodiylarida tarqalgan. Oʻrmon-dasht zonalariz. hududlaridan dehqonchilikda, baʼzi joylarda yaylov chorvachiligida foydalaniladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |