Charles Darwin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charles Robert Darwin
Charles Darwin 51 yoshda tushgan surat.
Charles Darwin 51 yoshda tushgan surat.
Tavalludi 12-fevral, 1809-yil(1809-02-12)
Shrusburi, Shropshir, Angliya
Vafoti 19-aprel, 1882-yil(1882-04-19)
(73 yoshda)
Kent, Angliya
Istiqomat joylari Angliya
Fuqaroligi Britan
Millati Ingliz
Sohasi Tabiatshunoslik
Institutlar Qirollik Geografik Jamiyati
Alma mater Edinburg Universiteti
Kembridj Universiteti
Akademik rahbarlari   Adam Sedgwick
Mashhur ishlari Turlarning kelib chiqishi
Tabiiy tanlanish
Mashhur sovrinlari Qirollik Medali (1853)
Wollaston Medali (1859)
Copley Medali (1864)
Dini Angliya Cherkovi, biroq oilasi Unitarian boʻlgan, 1851 yildan keyin agnostik.

Charles Robert Darwin (talaffuzi: Charlz Robert Darvin; 12-fevral, 1809[1][2]19-aprel, 1882) ingliz tabiatshunosi boʻlgan. Barcha turlar bir yoki bir necha umumiy ajdoddan tabiiy tanlanish orqali kelib chiqqani haqidagi ilmiy gipotezani ilgari surgan. Evolutsiya haqiqatdan ham sodir boʻlishini ilmiy jamoat Darwin hayotligi vaqtidayoq qabul qildi, lekin evolutsiyaning aynan tabiiy tanlanish orqali kechishi haqidagi iddao faqat 1930-larga kelib tan olindi. Darwin'ning gipotezalari zamonaviy evolutsiya nazariyaning asosi boʻlib xizmat qildi.

DARVIN (Darvin) Charlz Robert (1809.12.2, Shrusberi sh. - 1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlogʻi) — ingliz tabiatshunosi, hayvon va oʻsimlik turlarining tabiiy tanlanish yoʻli bilan kelib chiqqanligi haqidagi evolyusion taʼlimot asoschisi (q. Darvinizm). "Bigl" kemasida tabiatshu-nos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1831—36), zoologiya, botanika, geol., paleontologiya, antropologiya va etn. sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biol. va amaliy seleksiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyusiyasining asosiy omillarini ochib berdi. D. "Turlarning kelib chiqishi" asarida hayvon va oʻsimlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof muhitga moslanishini tahlil qildi. "Odamning paydo boʻlishi va jinsiy tanlanish" asarida (1871) odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir]