O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpoq viloyati qo‘mitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpoq viloyati qo‘mitasi
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 1925-yil
Tugatilgan 1991-yil
Status tugatilgan

Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpoq viloyati qoʻmitasi (1936-yilgacha BKP (b) Qoraqalpoq viloyati qoʻmitasi) — Butunittifoq Kompartiyasi (b) Qoraqalpoq viloyati partiya tashkilotining boshqaruv organi (19251991), 1936-yildan Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi tarkibiga kirgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻmita 1925-yilda Qoraqalpoq avtonom viloyati tashkil etilishi bilan birga tuzilgan va 1991-yilda KPSS tugatilgunga qadar mavjud boʻlgan. Qoʻmita maʼmuriyatii 1929-yilgacha Toʻrtkoʻl shahrida, soʻng Chimboy, 1932-yil 20-martdan yana Toʻrtkoʻlda, 1933-yil 15-dekabrdan tugatilgan kungacha Nukus shahrida boʻlgan.

Amudaryo viloyati qoʻmitasi mas’ul kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923—1924-yil iyun — Drozdov Andrey Alekseyev; 1924—1924-yil iyul — Dobriy David Vasilevich; 1924-yil iyul—1924-yil oktyabr – Tojim Napesovich Napesov (iyul-avgust oylarida mas’ul kotib vazifasini bajaruvchi boʻlgan).

Qoraqalpoq viloyati qoʻmitasining mas’ul kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1924-yil oktyabr—1925-yil iyun — Dosnazarov Allayar Kurazovich (1924-yil oktyabr—1925-yil fevral — Viloyat qoʻmitasi tashkiliy byurosi raisi); 1925-yil iyun—1927-yil sentyabr — Kudabayev Abu Erjanovich; 1927-yil sentyabr—1930-yil aprel — Pyotr Ivanovich Varlamov; 1930-yil may—1932-yil 20 mart — Timofey Ivanovich Churbanov[1].

Viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1932-yil 20 mart—1933-yil aprel — Timofey Ivanovich Churbanov[1]; 1933-yil aprel—1937-yil aprel — Aliyev Islom Sodiqovich (qamoqqa olingan, repressiya qilingan)[2]; 1937-yil aprel—1937-yil iyul — Rizayev Davlet (viloyat komiteti birinchi kotibi vazifasini bajaruvchi); 1937-yil iyul—1937-yil avgust — Saidxonov Abbosxon Abdusaidovich (viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifasini bajaruvchi, hibsga olingan, Stalin roʻyxati boʻyicha qatagʻon qilingan)[3]; 1937-yil avgust—1937-yil oktyabr — Baltayev Karim (viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifasini bajaruvchi); 1937-yil oktyabr—1937-yil oxiri — Pavlov Vasiliy Mixaylovich (viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifasini bajaruvchi)[1]; 1939-yil yanvar—1941-yil aprel — Xoliqov Qurbonboy; 1941-yil aprel—1946-yil oktyabr — Kamolov Sobir Kamalovich; 1946—1949-yil oktyabr — Seitov Pirjan; 1949—1950 — Qambarov Tursun; 1950—1952-yil yanvar — Seitov Pirjan; 1952—1956-yil yanvar — Mahmudov Arzi; 1956—1963-yil mart — Mahmudov Nosir; 1963-yil mart—1984-yil 13-avgust — Kamolov Qallibek[4]; 1984-yil 13-avgust—1989-yil 26-iyul — Saliqov Kakimbek; 1989-yil 26-iyul—1991-yil 18-yanvar — Niyetullayev Sagindik Daulatyarovich; 1991-yil 18-yanvar—1991-yil 14-sentyabr — Shamshetov Dauletbay Nuratdinovich[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]