Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“ (ruscha: Общественные науки в Узбекистане) – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar masalalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Toshkentda yiliga 6-marta oʻzbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. Dastlab (1957—60) „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi“ nomi bilan nashr etilgan, 1960-yil oktyabrdan hozirgi nomda. Yangi nom bilan ilk bor 1961-yilning yanvarida chop etilgan. Jural nashrining tashabbuskori va birinchi bosh muharriri akademik Ibrohim Moʻminov boʻlgan.

Jurnalda iqtisodiyot, falsafa, huquq, shuningdek, sharqshunoslik va tarix fanlari (etnografiya, arxeologiya, numizmatika, sanʼat tarixi va boshqalar) boʻyicha materiallar eʼlon qilinadi.

Jurnalda „Ilmiy axborot“, „Fan yangiliklari“, „Tarix sahifalari“, „Tarixnavislik“, „Manbashunoslik“, „Yangi kitoblar“ ruknlari bor. Unga turli yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklarilari Ibrohim Moʻminov, Marat Nurmuhamedov, Erkin Yusupov, Ibrohimjon Iskandarov va Abdulahad Muhammadjonov muharrirlik qilishgan. 2004-yildan bosh muharriri iqtisodiyot fanlari doktori A. Qodirov. Adadi 350 nusxa (2005).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]