Erkin Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yusupov Erkin (1929.15.3, Quva shahri — 2003.5.8, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Rossiya Fanlar akademiyasi muxbiraʼzosi (1991; 1987 yildan SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi), falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966). Oʻrta Osiyo universitetining tarix fakulteti mantiq va psixologiya boʻlimini tugatgan (1951). Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasida katta oʻqituvchi (1954—58), kafedra mudiri (1958—72). Oʻzbekiston KP MK huzuridagi Partiya tarixi instituti direktori (1972—79). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining vitseprezidenti (197990). Toshkent Davlat Universiteti rektori (199092), respublika "Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazining rahbari (1994—95). Toshkent Davlat Universiteti gumanitar ftlar falsafa kafedrasining mudiri (1995—97). 1997 yildan Toshkent Davlat Universiteti falsafa kafedrasi professor Yu. respublikada ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq, tarix, siyosatshunoslik, maʼnaviyat, mafkura masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).

Manbalar[tahrir]

  • Yoshlarning maʼnaviy kamoloti, T., 1995; Odamiylik saboqlari (hammualliflikda), T., 1997; Falsafa (darslik; hammualliflikda), T., 2000; Maʼnaviy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati, (hammualliflikda), T., 2003.