Oʻrozboy Jumaniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻrozboy Jumaniyozov (1924, Qoraqalpogʻiston, Beruniy tumani — 1943.12.12, bedarak yoʻqolgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942-yildan frontda. 985-oʻqchi polki (Markaziy front 60-armiyaning 226-oʻqchi diviziyasi) avtomatchisi. Jumaniyozov 1943-yil 26-sentabrda Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Tolokunskaya Rudnya qishlogʻi rayonida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtib, jangda jasorat koʻrsatgan. 1943-yil 17-oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. 1943-yil 12-dekabrdagi jangda bedarak yoʻqolgan. Beruniy shahri markaziy koʻchalaridan biri, Jumaniyozovning oʻzi oʻqigan 48-oʻrta maktab uning nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil