Muhammad Solih (tarixchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Muhammad Solih (1455, Xorazm — 1535, Buxoro) — Shayboniylar davri shoiri va tarixchisi.

Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tugʻilgan. Bobosi Shohmalik Ulugʻbek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulugʻbek, Joʻgi Mirzo, Abu Said saroylarida eʼtiborli arboblardan boʻlgan. Muhammad Solih Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm oʻrgangan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va boshqa temuriylar saroyida maʼlum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining oʻlimiga sababchi boʻlgan temuriyzodalar bilan ishlashni xohlamay, 1499-yil Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjoʻy, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. „Amir ul-ulamo“, „Malik ush-shuaro“ unvonlariga sazovor boʻlgan. 1507—10-yillarda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafotidan soʻng Buxoroga qaytgan. Muhammad Solih turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sheʼrlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. Oʻzbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston — „Shayboniynoma“ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-asr oxiri — 16-asr boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiyligiga koʻra ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904-yilda Sankt-Peterburgda (1904), Toshkentda (1961, 1989) nashr etilgan. Vamberi Muhammad Solihning „Laylo va Majnun“ nomli turkcha goʻzal dostoni borligini xabar bergan, lekin u topilgan emas. „Qomus ul-aʼlom“sA „Noz va Niyoz“ manzumasi Muhammad Solihga nisbat berilgan, biroq Nisoriy „Muzakkiri ahbob“da uning muallifini Baqoiy deb koʻrsatadi.[1][2][3][4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME
  2. Shayboniynoma, T., 1961; 1989.
  3. Akramov A., Muhammad Solih, T., 1966;
  4. Ibrohimov A., 16 asr oʻzbek adabiyotining asosiy xususiyatlari, T., 1976.