Muhabbatnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhabbatnoma — noma janrining mumtoz adabiyotdagi bir turi. M.da oshiqmaʼshuqaning oʻzaro munosabati, kayfiyati va istak-orzusi bayon etiladi. M.ning bosh qahramoni, odatda, oshiq— shoirning oʻzidir. U sevgi taronasining kuychisi sifatida maydonga chiqadi. Lirik qahramon maʼshuqani taʼriftavsif etadi, firoq alami va visol shodligini ifodalaydi. Unda lirika bilan epik tasvir unsurlari uygʻ-unlashadi. M.da shoir oshiq obrazi timsolida oʻzining ijtimoiy-falsafiy qarashlarini, jamiyatning ayrim muammolariga munosabatlarini badiiy ifodalaydi. M.ning kompozitsiyey kurilishi maktub, unga javobning, gʻazal, fard, masnaviy va ruboiylardagi izchil bayonidan iborat boʻladi. Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Xoʻjandiynmnt „Lato-fatnoma“ va Amiriynmng „Dahnoma“ kabi asarlari M.ning namunasidir.[1]

Turkiyadan topilgan bu asar Qoʻqon honi Amir Umarxon(1810-1822) koʻrsatmasi asosida tuzilgan „Muhabbatnoma“ boʻlib, mazkur qoʻlyozma turk sultoniga tuhfa sifatida yuborilgan.

Umarxon Qoʻqonga xonlik qilib turgan vaqtda madaniy va adabiy hayotga homiylik qilgan. Oʻzi ham „Amiriy“ tahallusi bilan sheʼrlar yozib, devon tartib bergan. Umarxon saroyida yetmishdan ortiq shoirlar badiiy ijod bilan shugʻullanganlar. Ularning sheʼrlari Umarxon koʻrsatmasi bilan 1821-yili tuzilgan „Majmuai shoiron“ bayoziga toʻplangan. Fanda bu toʻplam haqidagi maʼlumotlar maʼlum va mashhur boʻlgani holda, ayni vaqtda, Umarxon rahbarligida tuzilgan yana bir asar — „Muhabbatnoma“ haqida faqat umumiy maʼlumotlargina mavjud edi. Miyon Buzruk Solihov(1891-1938) oʻzining „Oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash“(1930) nomli kitobida Umarxon oʻzi hamda Alisher Navoiy va Lutfiy devonlaridan tashkil topgan „Muhabbatnoma“ nomli qoʻlyozma majmua tuzdirib, uni 1820-yili halifa — turk sultoni Mahmud II(1808-1839)ga sovgʻa tariqasida yuborganini yozgan.

1975-yili rus olimi A.SHcherbak ayni qoʻlyozmani oʻzining maqolalaridan birida eslab oʻtgan. U „Muhabbatnoma“ toʻplami Lutfiy va Amiriy sheʼrlari hamda Xaydar Xorazmiyning „Mahzan ul-asror“ dostonlaridan tashkil topgan, deydi.

„Muhabbatnoma“da avvaliga Navoiyning toʻrt devondan tashkil topgan „Hazoyin ul-maoniy“si, Amiriy devoni, soʻng Lutfiy va Fuzuliy devnlari keltirilganligi bois, qoʻlyozma hajman ancha salmoqli. Majmua oxiridagi xotimada uning nomi „Muhabbatnoma“ deb atalishi qayd etilgan. Shunga koʻra uni fanda shartli tarzda Amir Umarxon „Muhabbatnoma“si deb atash mumkin.

Majmua turk sultoniga taqdim etish uchun saroyda tayyorlanganligi sabab oily sifatli qogʻoz, jimjimador naqshlar, tilla suvi yugurtirilgan bezaklar bilar bezatilgan. „Muhabbatnoma“da oʻquvchi diqqatini jalb etadigan bir nuqta mavjud boʻlb, bu unda keltirilgan asarlar ketma-ketligidan kelib chiqadi. Aytib oʻtilgan toʻrtta shoir devonlari oʻsha yerda uchraydi: dastlb Alisher Navoiy, soʻng Umarxon, Lutfiy va Fuzuliy. Bunga sabab shundaki, „Muhabbatnoma“ Umarxon koʻrsatmasi asosida tuzilganligi va uning tarkibi ham muayyan gʻoyaga xizmat qilishi mumkinligi haqida quyidagicha aytilgan: maʼlumki Qoʻqon xonlari oʻzlarini nasl-nasabda Amir Temur avlodidan ekanliklariga urgʻu berardilar, yaʼni Bobur oʻgʻillaridan biri bilan qoldirib ketilgan beshik bilan bogʻliq „Oltin Beshik“ afsonasi tarixiy asarlarda takror keltirilgan, ayni oʻsha boladan Qoʻqon xonlari tarqagan. Majmuani tashkil etgan devonlar tarkibi vositasida takidlangan maʼnolar turk sultoni, yaʼni xalifaga qaratilgan edi. Xalifaga sovgʻa yoʻllagan xon uchun turkiy tilli shoir mahoratidagi tabiiy ketma-ketlik ifodasidan ham „Muhabbatnoma“ tarkibi vositasida oʻzining nasabi va madaniy jihatdan Temuriylarga bogʻliq ekanligini koʻrsatish oʻta muhim boʻlgan. Shu maʼnoda „Mjmuai Shoiron“ singari „Muhabbatnoma“ ham Qoʻqon xonligidagi davlat mafkurasi mahsulidir.

Xulosa qilib aytganda, Umarxon oʻzining Temuriylarga shajaraviy bogʻlanishini halifaga bildirish istagida boʻlgan. Umarxon buni tarixiy biror asar orqali emas, balki sheʼriy toʻplam vositasida ifodalamoqchi boʻlgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Aftondil Erkinov. Zahar Hakimov. „Moziydan Sado“. 2.(44).2009.