Nikolay Lobachevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Lobachevskiy
Tavalludi 20 noyabr (1-dekabr) 1792[1]
Vafoti 12 (24) fevral 1856[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Lobachevskiy Nikolay Ivanovich (1792.20.11(1.12), ((Nijniy Novgorod)) -1856.12(24). 2, Qozon) — rus matematigi, noyevklid geometriyani yaratgan. ((Qozon universiteti))ni tugatgach (1811), shu universitetda oʻqituvchi, professor (1816), fakultet dekani (1820-26), rektor (1827-46). Lobachevskiy ((Yevklid geometriyasi))lagp parallellik aksiomasi oʻrniga boshqa ((aksioma)) kiritib, ziddiyatdan xoli mukammal geometriya — noyevklid geometriyani yaratdi. Zamondoshlari tan olmaganligiga qaramay, Lobachevskiyning ishlariga xayrixoh Karl Gauss tavsiyasi bilan Gyottingen ilmiy jamiyatining muxbir aʼzoligiga saylangan. Lobachevskiy algebra (tenglamalarni taqribiy yechish usuli), matematik analiz (funksiyaning mukammal taʼrifi, qatorlarning yaqinlashish alomati), ehtimollar nazariyasi, mexanika va boshqa sohalarga muhim hissa qoʻshdi. Lobachevskiy moddiy qiyinchilik va xastaligiga qaramay, umrining oxirigacha ilmiy faoliyatini davom ettirdi. ((Lobachevskiy geometriyasi))ning yaratilishi ((matematika)) taraqqiyotida katta voqea boʻldi, tabiat haqidagi tasavvurlarimizni boyitdi. [2]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil