Aksioma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aksioma (yun. axioma) – o‘z-o‘zidan ravshanligi, ayonligi sababli is-botsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlang‘ich xossalari. A.lar tizimi bilan kiritiladi va boshqa hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foyda-lanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy A. hisoblanadi. A.ga misol sifatida Yevklid geometriyasiiat parallellik A.sini keltirish mumkin: "Tekislikda a to‘g‘ri chiziqqa tegish-li bo‘lmagan O nuqta orqali shu to‘g‘ri chiziqqa bittadan ortiq parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin emas". Arximed aksiomasi, Sermelo aksio-masi va boshqa A. atamasi Yunonistonda paydo bulgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham A.ni atroflicha tekshirishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Aksioma" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil