Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Avilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Avilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 6 August 1948 (1948-08-06) (yoshi 75)
Boʻyi 1.91 m (6 ft 3 in)
Vazni 89 kg (196 lb)
Sport
Qaysi sport Yengil atletika (Dekatlon)

Nikolay Viktorovich Avilov (1948-yil, 6-avgustda Odessada tugʻilgan) — Sovet yengil atletikachisi, dekatlonchi, jahon rekordchisi, olimpiya chempioni, uchta olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1972). Odessaning „Dinamo“ klubi sharafini himoya qilgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

13 yoshida yengil atletika bilan shugʻullana boshlagan. Mashgʻulotlarni basketbol maydonida olib borgan. Odessalik mashhur murabbiy Vladimir Katsmanning shogirdi. 16 yoshida Nikolay Avilov balandlikka sakrash boʻyicha sport ustasi unvonini olgan.

1964-yilda Ukraina SSR yoshlar terma jamoasiga qoʻshilgan. 1967-yilda SSSR xalqlarining IV Spartakiadasining dekatlon boʻyicha musobaqasida ishtirok etgan. 19 yoshida yakuniy jadvalda beshinchi oʻrinni egallagan. 1968-yilda SSSR chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1968-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan olimpiadada idhtirok etib, 4-oʻrinni egallagan. 1972-yilda SSSR chempionligini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, Myunxendagi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Olimpiadada 8454 ball toʻplagan holda chempion boʻlgan va jahon rekordini oʻrnatgan.

1975 va 1976 yillarda ketma-ket ikki marta SSSR chempioni boʻlgan. Monrealdagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1980-yilda, 32 yoshida, Moskvadagi olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishga harakat qilgan. Ammo saralash turnirida beshinchi oʻrinni egallagan. Shundan soʻng, Sportchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan va murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Murabbiy sifatida mahalliy sportchilarni ham, Iroq, Xitoy, Misr va Seyshell orollaridagi sportchilarni ham musobaqalarga tayyorlagan. Seyshell orollarida 10 yildan ortiq faoliyat yuritgan.

Hozir Odessada yashaydi. 2015-yilda Odessa viloyat kengashiga boʻlib oʻtgan saylovlarda gʻolib boʻlgan[1][2].

1974-yilda „Nikolay Avilovning ikki kuni“ (ruscha: Два дня Николая Авилова) nomli film suratga olingan[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]