Serblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Serblar (oʻzlarini srbi deb atashadi) — xalq. Serbiya va Chernogoriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 10,16 mln. kishi, jumladan, Serbiyada 6,7 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Serbxorvat tilida soʻzlashadi. Etnogeneziga koʻra, xorvatlarga yaqin. Ularning ajdodlari mil. 6—7-asrlarda Bolqon ya.o.ga kelib illiriy va frakiy aholi bilan aralashgan jan. slavyan kabilalaridir. S. 12-asrda xalq sifatida shakllangan. Serbiya 14-asr oxirida turklar tomonidan bosib olingach, koʻpchilik S. mamlakat shim.ga koʻchib keta boshlagan. 1878 yilda Serbiya toʻla mustaqilikka erishgan. Dindorlari — pravoslavlar, katolik va protestantlar, sunn i y musulmonlar ham bor. S. dehqonchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, chorvachilik, baliq ovlash, hunarmandchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil