Kontent qismiga oʻtish

Nikola Stoshich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikola Stosic
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nikola Stosic
Tavallud sanasi 1994-yil 15-mart (1994-03-15) (32 yosh)
Tavallud joyi Belgrad, Yugoslaviya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Xorazm
Raqami TBD
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2010 Rad
2012 Jeleznichar
2012—2013 Srvena-Zvezda
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2020 Istiqlol (Dushanbe) 124 (0)
2020 Jeleznichar B
2021 Tek Sloga
2022—2023 Buxoro 27 (0)
2023—2024 FK Prva Iskra
2024—2025 Istiqlol (Dushanbe) 17 (0)
2026— Xorazm 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Serbiya U17 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nikola Stoshich (serbcha: Никола Стошић; tojikcha: Никола Стошич; 1994-yil 15-martda tugʻilgan) – serb va tojikistonlik professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. 2026-yilning yanvar oyidan Oʻzbekistonning „Xorazm“ klubida toʻp tepadi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serbiyada u „Rad“ va „Red Star“ klublarining yoshlar jamoalarida oʻynagan, Bosniyaning „Jeleznichar“ klubining yoshlar jamoasida oʻynagan.

2011-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida u 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi, oʻsha turnirda terma jamoa tarkibida Daniya yoshlar terma jamoasiga qarshi bitta oʻyin oʻtkazdi, unda daniyaliklar 2:3 hisobida gʻalaba qozonishdi.[1]

2013-yilning fevralida Nikola Stoshich Tojikistonning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. Keyinchalik Stoshich 2020-yilgacha „Istiqlol“ safida asosiy darvozabon boʻlgan va jamoaning yetakchilaridan biri hisoblangan.

2016-yil yanvar oyida Nikola Stoshich Tojikiston Respublikasi fuqaroligini olgan va shu tariqa oʻz jamoasida legioner hisonlanishi toʻxtatilgan[3].

2022-yilgi mavsum avvalida Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi boʻlgan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Mavsum yakunida klub tarkibida 21 ta oʻyin oʻtkazgan va klub bilan Pro liga gʻolibi boʻlgan[5]. 2023-yil 22-iyunda klub bilan oʻzaro kelishuvga koʻra jamoani tark etgan[6].

Istiqlol
  • Tojikiston chempioni: 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019
  • Tojikiston chempionatining kumush medali sohibi: 2013
  • Tojikiston kubogi sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016, 2018, 2019
  • Tojikiston Superkubogi sohibi: 2014, 2015, 2016, 2018, 2019
  • OFK kubogi finalchisi (2): 2015, 2017
  • Tojikistonda yilning eng yaxshi darvozaboni [7]: 2015, 2017, 2018.