Kontent qismiga oʻtish

Nana Ioseliani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nana Ioseliani

Nana Ioseliani (gruzincha: ნანა იოსელიანი; 1962-yil 12-fevralda tugʻilgan) — gruziyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 1980-yilda ayol grossmeyster, 1993-yilda esa xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yilda u, Buenos-Ayresdagi 23-shaxmat Olimpiadasida sovet ayollari jamoasida ishtirok etishi kerak edi. Biroq, butun jamoa gruziyalik oʻyinchilardan iborat edi va Sovet rasmiylari Ioseliani — Rossiyada tugʻilgan shaxmatchiga almashtirdi[1]. Ioseliani 24—25-Olimpiadalarda Sovet jamoasida edi. Keyinchalik u 30—32-Shaxmat Olimpiadasida Gruziya jamoasiga qoʻshildi. Uning jamoasi besh marotaba oltin medalni qoʻlga kiritdi. Keyingi uchta olimpiadada ham qatnashdi. Gruziya ushbu Olimpiadalarda, 3-oʻrin, 2-oʻrin va 4-oʻrinlarda yakunlanadi. Uning shaxsiy hisobi 88 oʻyindan 65 ochkoni (49 ta gʻalaba, 32 ta durang, 7 ta magʻlubiyat) tashkil etdi[2].

U 1979—1980-yillarda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining gʻolibi boʻlgan. U ikki marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun nomzodlar turnirida gʻolib chiqqan. 1988-yilda u, amaldagi chempion Mayya Chiburdanidzega qarshi chiqdi va 8½: 9½ (+2, =11, −3) hisobida yutqazdi[3]. 1993-yilda u Xie Jun bilan oʻynadi va 2½: 8½ hisobida yutqazdi[4].

U toʻrt marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida Sovet chempioni boʻlgan. Ioseliani, shuningdek, 1997-yilda shaxmat boʻyicha jahon jamoaviy chempionatida Gruziya terma jamoasida oʻynagan va 2 bortda 1½/7 ball toʻplagan[5].

2003-yildan beri Ioseliani shaxmat oʻynashdan tanaffus oldi va Pragada tadbirkorlik qilmoqda.

2021-yilda Ioseliani Nana Aleksandriya, Nona Gaprindashvili va Mayya Chiburdanidze bilan birga „Qirolichaga shon-sharaf“ hujjatli filmida suratga tushdi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lazareva, Inna. „Georgian women ruled chess in the Soviet era. A new generation chases the same ʻQueen’s Gambit’ glory.“. The Washington Post (2020-yil 13-dekabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Women's Olympiad scorecard“. OlimpBase.org. Qaraldi: 2009-yil 4-dekabr.
  3. „1988 Women's World Championship“. Mark-Weeks.com. Qaraldi: 2009-yil 4-dekabr.
  4. „1993 Women's World Championship“. Mark-Weeks.com. Qaraldi: 2009-yil 4-dekabr.
  5. „1997 World Men's Team Championship“. OlimpBase.org. Qaraldi: 2009-yil 4-dekabr.
  6. Skhirtladze, Tatia; Khazaradze, Anna, Glory to the Queen (Documentary), Nona Gaprindashvili, Maia Chiburdanidze, Nana Alexandria, Nana Ioseliani, Berg Hammer Film, Amour Fou Vienna, Playground Produkcija, qaraldi: 2021-02-03