Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi
(NamMTI AL)
Asos solingan 2005 yil
Oʻquv yurti turi Davlat tashkiloti
Talabalari 374 ta
Manzili Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston: Namangan, Namangan shahar, I. Karimov koʻchasi, 2–uy
Vebsayti https://sites.google.com/view/nammtial
NamMTI_akademik_litseyi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli boʻlib mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining koʻzga koʻringan ilm va ziyo maskani boʻlib, hozirda Respublika akademik litseylari orasida munosib oʻrin tutadi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim Markazi direktorining 2005-yil 22-avgustdagi 197-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan va unga Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey nomi berilgan. 2012-yil 25-apreldan Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey nomi Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi ga aylantirildi.
Akademik litseyda 49 nafar pedagoglar faoliyat yuritadi. Shundan Fan doktori 1 nafar, fan nomzodi 2 nafar, bosh oʻqituvchi 18 nafar, Yetakchi oʻqituvchi 7 nafar, katta oʻqituvchi 11 nafar, Oliy maʼlumotli oʻqituvchi 10 nafarni tashkil etadi.

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melibayev Umarjon Haydarovich– Namangan[1] muhandislik-texnologiya instituti prorektori, akademik litsey direktori
Sultonov Bahtiyor Alimjonovich– Akademik litsey ijrochi direktori
Ahmedov Utkirbek Muhammadjonovich – Akademik litsey oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
Ubaydullayev Farhodjon Toʻlqinboyevich– Akademik litsey yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari

Mutaxasisliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]


1. Aniq fanlar–1 – (Matematika, Fizika)
2. Aniq fanlar–2 (UZ-RU) – (Matematika, Ingliz tili)
3. Tabiiy fanlar–1 (UZ-RU) – (Biologiya, Kimyo)
4. Ijtimoiy gumanitar fanlar–2 – (Tarix, Ingliz tili)
5. Ijtimoiy gumanitar fanlar–5 – (Huquqshunoslik, Ingliz tili)
6. Xorijiy filologiya–1 (UZ-RU) – (Ingliz tili, Ona tili)

Akademik litsey oʻqituvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Ermanbetova Shohsanam BozorboyevnaOna tili va adabiyot fani oʻqituvchisi;

  • Tarjimai holi

Ermanbetova Shohsanam Bozorboyevna, 1985-yil Yangiqoʻrgʻon tumani Poromon qishlogʻida tavallud topgan.
2008-yil Namangan davlat universitetining filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2010 yilda Fargʻona davlat universiteti magistratura boʻlimi adabiyotshunoslik yoʻnalishini tugatgan.

  • Ilmiy-ijodiy faoliyati

Shohsanam Ermanbetovaning yoshligidanoq sheʼriyatga boʻlgan ixlosi uni katta davralarga yetakladi. 2005 yil Zominda oʻtkazilgan Respublika yosh ijodkorlar tanlovida „Eng obrazli sheʼr“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. 2007 yildagi „Kelajak ovozi“ respublika saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2008 yil respublika miqyosidagi oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida oʻtkazilgan „Eng namunali boshlangʻich tashkilot yetakchisi“ nominatsisi gʻolibi boʻlgan. 2001 yilda „Majnuntolning xayollari“, 2007 yilda „Dovuchchada qolgan hislarim“ nomli sheʼriy, 2012 yilda „Habib Saʼdulla lirikasi“ nomli ilmiy kitoblari nashr etilgan. 2023 yil oktabr oyida „Habib Saʼdulla“ nomli kitob AQSh da ingliz tilida chop etildi. 2023 yil Moskvada „Rus guruhlarida oʻzbek tilini oʻqitish“ nomli uslubiy qoʻllanmasi chop etilgan. Hozirda „Habib Saʼdulla ijodida obraz yaratish mahorati“ nomli navbatdagi ilmiy-badiiy hamda „Oʻgʻlim“ sarlavhali sheʼriy kitoblarini nashrga tayyorlash boʻyicha ish olib bormoqda. Sheʼrlari hofizlar tomonidan kuylangan. Muzaffar Nishonov, Sarvar Ergashev, Muhammad Karim kabi hofizlar „Ota-onang qarib bormoqda“, „Baxtiyorman“, „Fidoyingman“, „Ayt“, „Yomgʻir ostida“, „Men bir zor“ kabi oʻnlab sheʼrlarini kuyga solishgandir.

2004 yildan buyon ko‘plab almanaxlarga ijod na’munalari berilib boriladi. “Sharq” nashriyoti tomonidan 2016 yil nashr etilgan “Ayol yaratgan dunyo” nomli Respublika fidoyi ayolari jamlanmasiga Shohsanam Ermanbetova ham kiritilgandir.

Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi davlatlar roʻznomalarida doimiy faollik bilan ijod namunalari bilan ishtirok etmoqda. Turkiyaning nufuzli „GUNCEL SANAT“ ISSN: 2149-3693 sonidagi milliy jurnaldagi oilaviy chiqishi, ayniqsa, muvaffaqiyatli boʻldi. Hozirda Namangan davlat universiteti erkin tadqiqotchisi sifatda „Habib Saʼdulla ijodida obraz yaratish mahorati“ mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. 8 dan ortiq ilmiy maqolalari 2011 yildan Amerika va Hindistonning nufuzli jurnallarida yoritilishni boshlagan. 2021-yil „Bir million dasturchi“ loyihasi asosida „Full Stack Development Track“ kursini muvaffaqiyatli tugatib Udacity sertifikatiga ega boʻlgan.  „Alisher Navoiy“, „Amir Temur“, „Usmon Nosir“, „Abay“, „ Ahmad Yassaviy“, „Taraqqiyot bunyodkori“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

  • Oilasi

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

2. Isayev Nozimjon ToxirjonovichInformatika va matematika fani oʻqituvchisi.

  • Tarjimai holi

Isayev Nozimjon 1983-yil 8-mayda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

Millati oʻzbek. 1991-2000-yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabida oʻqigan. 2001-2005-yillarda Namangan davlat universiteti matematika fakultetining amaliy matematika va informatika yoʻnalishida tahsil olgan.

  • Ish faoliyati

2005-yil Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabida informatika fani oʻqituvchisi lavozimida ishlagan.
2006-yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyida informatika fani oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

  • Yutuqlari

2021-yil oktyabr oyida „Bir million dasturchi“ loyihasi asosida „Full Stack Development Track“ kursini muvaffaqiyatli tugatib Udacity sertifikati bilan taqdirlangan. 2023-yil oktyabr-noyabr oylarida „Astrum“ akademiyasining 1 oylik oʻquv kursini 3 ta modul boʻyicha 82.5% koʻrsatkich bilan tamomlab „ASTRUM CERTIFIED IT EDUCATOR“ sertifikatini qoʻlga kiritgan.

  • Oilasi

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

3. Sotvoldieva Jamilaxon SirojiddinovnaIngliz tili fani oʻqituvchisi.

  • Tarjimai holi

Sotvoldieva Jamilaxon 1968-yil 14-martda Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan.

Millati oʻzbek. 1985-1990-yillarda Andijon davlat tillar pedagogika institutida tahsil olgan.

  • Ish faoliyati

1990-1995 yy.-Norin tumanidagi 3-maktab ingliz tili fani oʻqituvchisi, 1995-2005 yy.-Namangan muxandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi litsey-internat ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2005-2012 yy.-Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2012-2017yy.-Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-son akademik litsey ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2017 y.- h.v. -Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi ingliz tili fani oʻqituvchisi, xorijiy tillar kafedrasi mudiri, kasaba uyushma qumita raisi lavozimida ishlab kelmoqda
Sotvoldieva Jamila Sirojiddinovnaning 2021 yildagi „5 Trends in education that continue in 2022“ nomli maqolasi „Middle European scientific“ xalqaro jurnalida chop etilgan va respublika miqyosida ommalashtirilgan.
Uning kamtarona mehnati qadrlanib yozuvchi Vasila Turdiboeva tomonidan chop etilgan „Fan bogʻining bogʻbonlari“ kitobida Namangan shahridagi talim jonkuyarlari va fidoiylarining ibratli faoliyati hakida soʻz yuritilganda Sotvoldieva Jamilaning "Yaxshilik sogʻinib yashaydi " nomli sarlavha ostida uning ham xayot, xam ijod yoʻllari etirof etilgan. Sotvoldieva Jamila 2023 yilda Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-5117 sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan S1 til bilish darjasiga teng TKT(teachers knowledge test) xalqaro sertifikatiga ega boʻldi. 2022-2023 oʻquv yili davomida respublika boʻyicha iqtidorli oʻquvchilarni saralash onlayn olimpiadasida ishtirok etib faxrli oʻrinlarni egallagan esdalik sovga va diplom bilan taqdirlangan. Uning tashabbusi bilan iqtidorli talabalardan iborat „Yosh tarjimon“ toʻgaragi tashkil etildi, bu toʻgarak hozirga qadar talabalar bilimlarini mustaxkamlashda muhim oʻrin tutib kelmoqda. 2021 yil viloyatida viloyat hokim tashabbusi bilan xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirish tengdoshlariga namuna boʻlayotgan yoshlardan xalqaro ingliz tilidan kamida B1 darajaga ega iqtidorli yoshlarni qoʻllab quvvatlash taklif va tashabbuslarini oʻrganish maqsadida 16-25 yoshgacha iqtidorli yoshlar uchun Ibrat tillar oromgoxi loyixasida 69 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

  • Oilasi

Oilali, 1 nafar farzandi bor.

4. Toshmatova Barnoxon AbdurasulovnaKimyo fani oʻqituvchisi.

  • Tarjimai holi

Toshmatova Barnoxon 1983-yil Uchqoʻrgʻon tumani Qayqi qishlogʻida tavallud topgan.

Millati oʻzbek. 2007-yil Namangan Davlat Universitetining Tabiiy fanlar fakultetini Kimyo yoʻnalishini tamomlagan. 2023-yilda Namangan davlat universiteti magistratura boʻlimini organik kimyo va bioorganik kimyo yoʻnalishini tugatgan.

  • Ish faoliyati

Toshmatova Barnoxon 2007 yildan beri Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyida pedagogik faoliyatni olib bormoqda, faoliyati mobaynida oʻquvchilari fan olimpiadalari va koʻrik tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Toshmatova Barnoxonning yoshligidanoq pedagogik faoliyatiga boʻlgan qiziqishlari uni katta ilmiy izlanishlar olib borishga yetakladi. Jumladan: 2017-yil Tabiiy fanlar va Ekologiyaga oid ayrim muammolar ilmiy anjumanida „Boʻznoch oʻsimligining kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini taxlili“ „Nitrat kislota mavzusini oʻqitishda modul taʼlim texnologiyasini qoʻllash“ 2020-yil Qurolli kuchlar, fan taʼlimda innovatsion ishlanmalar ilmiy maqolalar toʻplamida „Yurak glikozidlari saqlovchi dorivor oʻsimliklar va maxsulotlar“; 2022-yil Tabiiy fanlar va Ekologiyaga oid ayrim muammolar ilmiy maqolalar toʻplamida „Nitrotsellyuloza olish uchun ishlatiladigan sellyuloza xom ashyosini tayyorlash“ Fan va ishlab chikarish integratsiyalashuvi sharoitida kimyo texnologiya, kimyo va ozik-ovqat sanoatidagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada materiallari toʻplamida „Nitrotsellyulozaning eruvchanligini oshirish“; International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN: 2181-144X- „Nitrotsellyuloza sintezi“ Bioorganik kimyo fani muammolari" Respublika yosh kimyogarlar Konferensiyasi materiallari toʻplamida „Paxta lintidan sellyuloza olish va uni oqartirish“ Namangan davlat universiteti axborotnomasida „Sanoat sharoitidan itrotsellyuloza sintezining texnologik jarayoni“ mavzularida ilmiy maqolalari chop etildi. Toshmatova Barnoxon Abdurasulovna ilmiy va pedagogik sohadagi faolligi uchun taʼlim muassasasi tomonidan tashakkurnoma bilan ragʻbatlantirilib kelinmoqda.

  • Yutuqlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshmatova Barnoxon Abdurasulovna oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotganligi uchun „Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

  • Oilasi

Oilali, 3 nafar farzandi bor.
5. Pirmatova Matluba Muhibullaevnaingliz tili fani oʻqituvchisi.

  • Tarjimai holi

Pirmatova Matluba 1983-yil Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tugʻilgan.

Millati oʻzbek. 1989-2000-yillarda Kosonsoy tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabida oʻqigan. 2001-2005-yillarda O'zbekiston davlat jaxon tillari universitetida tahsil olgan.

  • Ish faoliyati

Pirmatova Matluba Muhibullaevna taʼlim va tarbiya jarayonining doimo yuqori darajada boʻlishi „Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun“ va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ talablariga qatʼiy amal qilish samarali ekanini yaxshi xis etgan holda ilmiy-uslubiy yoʻnalishda ham oʻz imkoniyatlarini namoyon qilib har oʻquv yilida uslubiy qoʻllanmalar, namunaviy dars ishlanmalari, ingliz tili fanidan mavzulashtirilgan testlar va ularni yechish usullari boʻyicha uslubiy qoʻllanma, ingliz tili faniga doir elektron va multimedia ishlanmalari va prezentatsiyalar tayyorlab, oʻquv jarayonlariga tadbiq etgan. Yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda „Ochiq dars“lar tashkil etgan va 20 dan ortiq namunaviy ochiq dars ishlanmalari tayyorlagan. Shuningdek, oʻz fani boʻyicha koʻrgazmali qurollar, slaydlar, plakatlar, kichik dasturlar tayyorlab taʼlim jarayonida samarali foydalanmoqda. Pirmatova Matluba akademik litseyda ingliz tili fanidan talabalarga chuqur bilim berib kelmoqda. U bilim berayotgan guruh talabalari tuman va viloyat miqyosidagi koʻrik-tanlovlarga qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar. Jumladan, Abduhamidova Mahliyo, Umarova Gulsora, Saydullaeva Marjona, Abdubannaeva Maʼsuma ingliz tili fani olimpiadasida qatnashib, muvaffaqqiyatli ishtirok etganlar. Kafedra miqyosida ingliz tili fanini chuqur oʻzlashtirayotgan oʻquvchilar tanlab olinib „Friendship“ nomli toʻgarak tashkil etgan. Ularni hozirgi zamon talablari asosida yaʼni IELTS va SEFR dasturi yoʻnalishi boʻyicha tayyorlab, ularni chet el universitetlarida oʻqishga kirishlariga yordam berib kelmoqda. 20 nafardan ortiq oʻquvchilari IELTS va SEFR sertifikatlarini olishgan. Akademik litseyning 2021-yil bitiruvchisi Komilova Shohsanam WESTMINISTER universitetiga oʻqishga kirgan, Abdulxaev Abdulaxayxoʻja Singapur menejmenti rivojlantirish institutida tahsil olmoqda. Pirmatova Matluba rahbarlik qilgan guruhning 2023-yil bitiruvchilari 100% oʻqishga kirishgan. Oʻqituvchi sifatida qobiliyatli, ishga munosabati yaxshi, oʻz vazifasiga mas’uliyatli, talabchan, javobgarlikni tushungan holda topshiriqni vaqtida bajaradi. Pedagog kadrlar uchun taʼlim jarayoniga ilgʻor pedogogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish buyicha tashkil etilgan seminar treninglarda faol ishtirok etgan. Moderator oʻqituvchi sifatida jamoa oʻqituvchilarining pedagogik faoliyatiga koʻmaklashmoqda. 2023-yil 15-aprelda xalqaro Biritish Consul tomonidan oʻtkazilgan APTIS (for teachers) boʻyicha S1 daraja (189/200), 2023-yil 18-sentabrda CELTA-Cambridge English Teaching –Pass C1 darajadagi xalqaro sertifikatlarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, taʼlim sohasida oʻtkazilgan bir qator xalqaro konferensiyalar, jumladan, 2017-yil 10-yanvar kuni Namangan Branch of UzTEA tomonidan oʻtkazilgan „Challenges and Opportunities in English Language Teaching“ konferensiyacida prezentatsiyalar tayyorlab ishtirok etgan va sertifikatga ega boʻlgan. 2021-yil 6-yanvar kuni Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan oʻtkazilgan xalqaro „The Integration Issues of Foreign Language Teaching in Secondary and Higher Educational Institutions“ konferensiyada ishtirok etib, sertifikatga ega boʻlgan. Shuningdek, 2021-yilning 28-mart, 1-aprel kunlari „Online qualification course which is organized in cooperation with the Indian Government“ Hindiston davlati tomonidan tashkil etilgan chet tillarni oʻkitish metodikasi va yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etish haqidagi ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan va sertifikatga ega boʻlgan. 2023-yil 30-aprel kuni Edu-Action Exams Center tomonidan oʻtkazilgan „Techniques to Teach Writng“ seminarida ishtirok etgan va sertifikatga ega boʻlgan. Bundan tashqari koʻplab xalqaro onlayn seminar konferensiyalarda ishtirok etgan. 2022-yil 3-6-oktabr kunlari CAMBRIDGE universiteti tomonidan tashkil etilgan „Teaching Techniques“ konferensiyasi va 2023-yil 27-aprelda oʻtkazilgan Cambridge Live „Teaching Qualifications Online Conference“ konferensiyasida ishtirok etib sertifikatlarga ega boʻlgan. 2022 yil 26 iyunda xalqaro „Pedagogs“ jurnalida „Methods of teaching English as a foreign Language“ ilmiy maqolasi chop etilgan va diplomga ega boʻlgan. 2022-yil 28-iyunda"New York 3rd online Conference" da ilmiy maqolasi bilan qatnashib sertifikatga ega boʻlgan.

  • Oilasi

Oilali, 3 nafar farzandi bor.
6. Azamboyeva Nigora G`ofurjonovnaMatematika fani oʻqituvchisi.

  • Tarjimai holi

Azamboyeva Nigora 1970-yilda Qigʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Olabuqa tumanida tavallud topgan. Azamboyeva Nigoraxon 1993-yil Namangan Davlat universitetini matematika va informatika fakultetini tamomlagan.

  • Ish faoliyati

„Obrazovanie i Nauka v XX1 Veke“ jurnalida bir necha bor maqolalari chop etilgan. „Matematika darslarida matnli masalalarni yechish“ usullari mavzusida 8-iyun 2023-yilda chop etildi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti umumtexnika fanlari kafedrasi bilan hamkorlikda 25.08.2022-yil „Nazariy texnika“ fanidan mashgʻulotlar uchun uslubiy koʻrsatma tayyorladi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandislik-texnologiya fakulteti Texnika mexanika fanidan 2023-yil "Statistikaning muvozanat tenglamalari yordamida Tayanch reaksiya kuchlarini aniqlash " mavzusida tayyorlagan uslubiy koʻrsatmasi hamkorlikda chop etildi.

  • Oilasi

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Namangan