NATO sammiti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil Madriddagi NATO sammiti, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga a‘zo davlatlar, davlat rahbarlari va hukumat rahbarlarining rasmiy uchrashuvi.

NATO sammiti - Shimoliy Atlantika Shartnomasi (NATOga a’zo davlatlar) tashkilotning strategik yo‘nalishini baholash va belgilash, shuningdek, nizomni tasdiqlash uchun davlat rahbarlari (NATOga a’zo davlatlar) yoki hukumat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigon sammit. Odatda yangi bosh kotibni saylash uchun sammitning joyi va vaqti Shimoliy Atlantika Kengashi tomonidan belgilanadi[1].

NATO sammitlari NATO rahbarlarining tez-tez o‘tkaziladigan yig‘ilishlari kabi muntazam yig‘ilishlar emas, balki alyansning eng yuqori darajadagi qarorlarini qabul qilish jarayonida tashkil etiluvchi NATOga a’zo davlat rahbarlarining yig‘ilishidir. Sammitlar ko‘pincha yangi siyosiy tizimlarni joriy etish, NATO ittifoqiga yangi a‘zolarni taklif qilish, yirik yangi tashabbuslarni boshlash va NATOga a‘zo bo‘lmagan davlatlar bilan hamkorlikni o‘rnatish uchun o‘tkaziladi.

Ishtirokchi davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida NATOga aʼzo davlatlar roʻyxati keltirilgan:

NATO sammitlari ro‘yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yilda NATO tashkil topganidan beri NATOning jami o‘ttiz bitta sammiti bo‘lib o‘tgan. 2021-yil iyun oyida Bryusselda yana bir NATO sammiti bo‘lib o‘tdi. NATO doirasida o‘tkaziladigon sammitlar ichida faqat an‘anaviy sammitlar rasmiy maqomga ega bo‘lib, 2001-yilda NATO shtab-kvartirasida va 2022-yil mart oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitlari bundan mustasno[2].

NATO sammitlari
Yil Sanalar Mamlakat Shahar Sammit rahbari
1957 16-19-dekabr Fransiya Parij Prezident René Coty
1974 26-iyun Belgiya Bryussel Bosh vazir Leo Tindemans
1975 29-30-May Belgiya Bryussel Bosh vazir Leo Tindemans
1977 10-11-May Birlashgan Qirollik London Bosh vazir Jeyms Kallagan
1978 30-31-May Amerika Qo‘shma Shtatlari Vashington, Kolumbiya okrugi Prezident Jimmi Karter
1982 10-iyun G‘arbiy Germaniya Bonn Kansler Helmut Schmidt
1985 21-noyabr Belgiya Bryussel Bosh vazir Uilfrid Martens
1988 2-3-mart Belgiya Bryussel Bosh vazir Uilfrid Martens
1989 29-30-May Belgiya Bryussel Bosh vazir Uilfrid Martens
1989 4-dekabr Belgiya Bryussel Bosh vazir Uilfrid Martens
1990 5-6-iyul Birlashgan Qirollik London Bosh vazir Margaret Tetcher
1991 7-8-noyabr Italiya Rim Bosh vazir Giulio Andreotti
1994 10-11-yanvar Belgiya Bryussel Bosh vazir Jan-Lyuk Dehaene
1997 27-may Fransiya Parij Prezident Jacques Chirac
1997 8-9-iyul Ispaniya Madrid Bosh vazir José María Aznar
1999 23-25-aprel Amerika Qo‘shma Shtatlari Vashington, Kolumbiya okrugi Prezident Bill Klinton
2001 13-iyun Belgiya Bryussel Bosh Kotib Jorj Robertson
2002 28-may Italiya Rim Bosh vazir Silvio Berlusconi
2002 21-22-noyabr Chexiya Respublikasi Praga Bosh vazir Vladimír Špidla
2004 28-29-iyun Turkiya Istanbul Bosh vazir Recep Tayyip Erdoğan
2005 22-fevral Belgiya Bryussel Bosh vazir Gay Verxofstadt
2006 28-29-noyabr Latviya Riga Bosh vazir Aigars Kalvītis
2008 2-4-aprel Ruminiya Buxarest Prezident Traian Băsescu
2009 3-4-aprel Fransiya

Germaniya

Strasburg

Kehl

Prezident Nikolya Sarkozi

Kantsler Angela Merkel

2010 19-20-noyabr Portugaliya Lissabon Bosh vazir José Sócrates
2012 20-21-may Amerika Qo‘shma Shtatlari Chikago Prezident Barak Obama
2014 4-5-sentyabr Birlashgan Qirollik Nyuport va Kardiff Bosh vazir Devid Kemeron
2016 8-9-iyul Polsha Varshava Prezident Andrzej Duda
2017 25-may Belgiya Bryussel Bosh vazir Charlz Mishel
2018 11-12-iyul Belgiya Bryussel Bosh Kotib Jens Stoltenberg
2019 3-4-dekabr Birlashgan Qirollik Uotford Bosh vazir Boris Jonson
2021 14-iyun Belgiya Bryussel Bosh Kotib Jens Stoltenberg
2022 25-fevral Virtual sammit Virtual sammit Bosh Kotib Jens Stoltenberg
2022 24-mart Belgiya Bryussel Bosh Kotib Jens Stoltenberg
2022 29-30-iyun Ispaniya Madrid Bosh vazir Pedro Sánchez
2023 11-12-iyul Litva Vilnius Prezident Gitanas Nausėda
2024 9-11-iyul Amerika Qo‘shma Shtatlari Vashington, Kolumbiya okrugi Prezident Jo Bayden
2025 Noma’lum Niderlandiya Noma’lum Noma’lum
2026 Noma’lum Noma’lum Noma’lum Noma’lum

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yevropa Ittifoqi sammiti
  • G7 sammiti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „NATO Summit Meetings“. NATO.int. NATO. 2006-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  2. „NATO Summit Meetings“. NATO.int. NATO (2011-yil 4-oktyabr). 2009-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-noyabr.