Muzqaymoq
Muzqaymoq – tuxum, qaymoq yoki turli mevalardan tayyorlanadigan yaxna shirinlik. Muzqaymoq uchun dastlab asosiy masalliq birikmasini tayyorlash va birikmani muzlatish jarayoni talab etiladi. Qaymoqli muzqaymoq uchun tuxum yoki tuxum sarigʻi shakar bilan qorishtirib, yaxshilab aylantiriladi, shakari erigach, issiq sut quyiladi va chil-choʻp bilan betoʻxtov aylantirib turiladi. Idishda yaxshi aralashgan quyuq massa hosil boʻladi. Unga vanilin qoʻshiladi, soʻngra qolip idishlarga quyilib, sovitib, muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq olish uchun masalliqlar (g hisobida): 600 g sut, 75g qaymoq, 250 g shakar, 0,1 g vanilin, 3 dona tuxum. Mevali muzqaymoq uchun meva kaynatib pishiriladi, soʻngra sim elakdan oʻtkazilib, pyure tayyorlanadi. Qaynoq suvda shakar eritiladi. Masalliklar sovigach, pyure bilan qiyom aralashtiriladi va qoliplarga solib muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq uchun 200 g meva (qulupnay, mandarin va boshqalar), 325 g shakar, 1 g limon kislotasi kerak boʻladi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzqaymoqli desertlarning kelib chiqish tarixi nomaʼlum boʻlib, ularning kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta manbalar mavjuddir. Baʼzi manbalarda, miloddan avvalgi 550-yillarda Fors davlatidan kelib chiqqan muzqaymoqga oʻxshash yeguliklar tasvirlangan[2][3], boshqa manbalarda esa Rim imperatori Neron asal va sharob aralashmasidan iborat boʻlgan birinchi sorbetni tayyorlash uchun Apennin togʻlaridan muz toʻplaganligi aytiladi, hozirga kelib esa sorbet shirinligi ilk marotaba Fors davlatida tayyorlangan deb ishoniladi[4][3][5][6][7]. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, muzqaymoq Moʻgʻullar imperiyasida paydo boʻlgan hamda ilk marotaba Xitoyga Moʻgʻullar imperiyasi sarhadlari kengayishi paytida tarqalgan[8].
Galereyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Book of Firsts (ingliz). RW Press. ISBN 978-1-909284-29-6. „c. 550-530 BC, First mention of flavoured snow or ice : during the Persian Empire“
- ↑ 3,0 3,1 Marks, Gil. Encyclopedia of Jewish Food (ingliz). HMH, 2010-11-17. ISBN 978-0-544-18631-6.
- ↑ „Birthplace of ice cream: Persians are believed to have introduced the art of frozen desserts“ (en). The Indian Express (2018-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
- ↑ Cousineau, Phil. The Painted Word: A Treasure Chest of Remarkable Words and Their Origins (en). Simon and Schuster, 2012-09-11. ISBN 9781936740253. „The ancient Persians created a delicious and cooling concoction called sharbat“
- ↑ Weir, Caroline; Weir, Robin. Ice Creams, Sorbets & Gelati:The Definitive Guide, 2010 — 9-bet.
- ↑ Migoya, Francisco J.. Frozen Desserts. The Culinary Institute of America, 2008.
- ↑ Clarke, Chris. Science of Ice Cream. Royal Society of chemistry, 2004 — 4-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Muzqaymoq haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |