Apennin togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Apennin tog‘lari - Italiyadagi tog‘lar, Apennin ya.o. shim.-g‘arbi (Alp tog‘lari)dan jan.-sharqqa (Kalabriyaga-cha) cho‘zilgan. Apennin togʻlari ning uzunligi Kala-briya tog‘larini ham qo‘shib hisoblaganda 1200 km. Apennin togʻlari o‘rtacha balandlikdagi, yon bag‘irlari yotiq tog‘lar. Eng baland nuqtasi 2914 m (Korno tog‘i). Tog‘lar, asosan, qumtosh, gil va ohaktoshlardan iborat, lava qoplamlari uchraydi. Harakatdagi va o‘chgan vulkanlar bor (Ve-zuviy va boshqalar). Binokorlik materiallari (asosan, marmar) ko‘p. Iqlimi subtropik, O‘rta dengiz atrofiga xos iqlim. G‘arbiy yon bagirlarda yillik yog‘in 1000 – 2000 mm, sharqida, tog‘ oralig‘i havzalarida 600 – 800 mm. Apennin togʻlaridan Tibr, Arno va boshqa daryolar boshlanadi. Mineral buloklar bor. Yon bag‘irlarining quyi qismi zay-tunzor, tokzor, sitrus ekinlari va doim yashil dubzorlar bilan band; yuqorida kash-tan, dub, kora qayin hamda igna bargli daraxtlar o‘sadi. Eng baland qismi yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil