Muzbel tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzbel tizmasi — Chatqol togʻlari tarkibi (Toshkent viloyati)dagi tizma. Teraklisoy qavzasida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uzunligi 20 km. Eng baland joyi 2510 m. Oʻrta karbon davrining granodiorit, granit, ohaktosh, slanets, qumtoshlaridan tuzilgan. Unchalik parchalanmagan, simmetrik joylashgan, yon bagʻirlardagi soylar (Qorabuzuqsoy, Revashte) buloqlardan toʻyinadi. Jigarrang tuproqlarda siIrak archazorlar tarqalgan. Quyi yarusda butalar, bugʻdoyiq va boshqa turli oʻtlar oʻsadi. Yozgi yaylov si-fatida foydalaniladi, mahsuldorligi gektariga 3—5 s.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil