Yarus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yarus — umumiy stratigrafik shkalaning bir qismi, geologik boʻlimga tobe, stratigrafik zonalarga boʻlinadi. Ya. bir geologik era mobaynida shakllangan togʻ jinslari qatlamlarini birlashtirib, Yer rivojlanishining maʼlum geologik etapini belgilaydi. Biostratigrafik analiz maʼlumotlari Ya.ning hajmi va chegaralarini belgilovchi asosiy mezon (kriteriy) boʻlib xizmat qiladi. Ya. nomlari mahalliy joy nomidan olinadi. Ayrim hollarda Ya. chegarasini boshqa paleobiogeografik oblastlarda aniq belgilab boʻlmaydi, bunday vaqtda parallel Ya.lar ajratiladi (mas, titon va volga Ya.lari). Bir qancha sistemalar (kembriy, paleogen, neogen)da hozirgacha faqat mazmuniga koʻra gorizontlarga yaqin boʻlgan regional Ya.lar ajratilgan.