Musoxon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Musoxon masjidi
bengalcha: মুসা খান মসজিদ
Mamlakat  Bangladesh
Shahar Dakka
Koordinatalar Koordinatalari: 23°43′36″N 90°24′03″E / 23.7268°N 90.4007°E / 23.7268; 90.4007 G O
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Islom va Boburiylar meʼmorchiligi
Asoschi Divon Munavarxon
Asosiy sana:
16-asr
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 4

Muso Xon masjidi (bengalcha: মুসা খান মসজিদ) Bangladeshda qurilgan Boburiylar davriga oid bino boʻlib, mamlakat poytaxti Dakkaning janubiy qismida joylashgan[1]. 18-asrda qurilgan masjid muhim tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, oʻrta asr Bengaliyasining eng koʻzga koʻringan baro-buyanlaridan biri, Iso Xonning oʻgʻli Muso Xonning sharafiga shunday nomlangan. Inshoot Bengaliyada Boburiylar davrida Musoxonning nabirasi Divon Munavarxon tomonidan bunyod etilgan[2].

Uch gumbazli masjid hozirda Dakka universiteti kampusida, Shahidulloh zalining yonida, Kerzon zalining orqa qismida joylashgan. Bangladesh hukumati tomonidan amalga oshirilgan metro-temiryoʻl loyihasi tufayli masjid hozirda katta xavf ostiga tushib qolgan va metro-temir yoʻli tufayli jiddiy oqibatlarga yuz tutishi mumkin boʻlgan 75 ta inshoot roʻyxatiga kiritilgan[3].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta asrlarda Bengal oʻlkasi tarixda Baro-Bhuyan nomi bilan mashhur boʻlgan taxminan oʻn ikki yer egalari tomonidan boshqarilgan. Baro-Bhuyanlarga Rajput musulmon qoʻmondoni Iso Xon boshchilik qilgan, u bir qator muvaffaqiyatli harbiy yurishlarni amalga oshirgan va vafotigacha Bengaliyadagi Boburiylar bosqiniga muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsatgan. U tuzgan mamlakat poytaxti Narayanganj tumanining Sonargaon shahrida joylashgan.

1599-yilda vafot etganidan soʻng, uning oʻgʻli Musoxon boshqaruvni oʻz qoʻliga oladi hamda gʻarbiy va shimoliy hududlarda Boburiylarga qarshi jang qilib otasining ishlarini davom ettiradi. Ammo oxir-oqibat Boburiylar generali Islom Xon I tomonidan magʻlubiyatga uchragach, keyinchalik Boburiylarga sodiq boʻlib, Boburiy armiyasi uchun xizmat qiladi. Muso Xon 1623-yilda vafot etadi va Dakkada dafn qilinadi[1].

Uning nabirasi Divon Munavarxon bobosini xotirlab Musoxon qabri yonida masjid bunyod ettiradi.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning ichki koʻrinishi

Masjid uchta gumbazdan iborat boʻlib, u balandligi taxminan 3 metr boʻlgan platforma ustida qurilgan. Platformaning kengligi 17 metrdan 14 metrgacha yetadi. Platforma ostida bir qator xonalar joylashgan boʻlib, ular hozirda rekonstruksiyaga muxtoj[1].

Sahnaning yuqori qismiga janubi-gʻarbiy burchakda joylashgan zinapoya orqali chiqish mumkin. Masjid platformaning gʻarbiy qismini egallaydi. Yonlarida qoʻshimcha minoralari boʻlgan toʻrtta sakkiz qirrali burchak minoralari tekis istehkomlar ustida koʻtarilib, tepasida gumbazli ixcham xonachalar bilan tugallanadi[2].

Xavf-xatarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatning eng kam uchraydigan inshootlaridan biri boʻlgan Boburiy inshootining taqdiri unga tutash metro-temir yoʻl loyihasi tufayli xavf ostida qolgan. Ushbu tuzilma loyiha sabab xavf ostida qolgan tarixiy ahamiyatga ega 75 ta tuzilma qatoriga kiritilgan[4].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Nandi, Dipan. „bn:বারোভূঁইয়াদের শেষ স্মৃতিচিহ্ন মুসা খান মসজিদ“ (bn). Jaijaidin (2012-yil 25-avgust). 2016-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Bari, MA „Musa Khan Mosque“,. Banglapedia: National Encyclopedia of Bangladesh, Second Islam: , Asiatic Society of Bangladesh, 2012. 
  3. „Musa Khan Mosque“. dhaka.gov.bd. National Portal of the Government (2015-yil 4-iyul). 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  4. Alamgir, Mohiuddin. „Disfiguring history in the name of renovation“. New Age (2015-yil 4-iyul). 2016-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.