Kontent qismiga oʻtish

Murod Asqarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Murod va familiyasi Asqarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Murod Erkebayevich Asqarov
 Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili
 
Mansab davri
2009-yildan – 2013-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Alisher Vohidov
Vorisi Dilyor Hakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-mart 1974-yil (1974-03-07) (51 yosh)
Toshkent

Asqarov Murod Erkebayevich — 2013—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari. 2009—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.

1974-yil 7-martda tugʻilgan.

1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetini siyosiy fanlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, nemis va turk tillarini biladi.

1997-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy boshqarmasi referenti.

1999-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.

2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy rejalashtirish guruhining 3-kotibi.

2005-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi 2-kotibi, 1-kotibi, boshligʻi oʻrinbosari.

2009-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.

2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[1].