Dilyor Hakimov
Dilyor Zafarovich Hakimov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili | |
Mansab davri 2017-yil 10-martdan — hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | ? |
Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili | |
Mansab davri 2013-yil 10-martdan — 2013-yil 21-oktabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Murod Asqarov |
Vorisi | Muzaffarbek Madrahimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-noyabr 1969-yil Toshkent |
Dilyor Zafarovich Hakimov — oʻzbek diplomati, iqtisodchi va tarjimon. Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq doimiy vakili. 2019-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi[1].
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
1969-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Malayziyaning Mara texnologiya institutini, 1998-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini va 2001-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznes boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan. Ingliz tilini biladi.
1988-1989 — Harbiy xizmat.
1997-1998 — „O‘zbekistonda inson taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy hisobot“ loyihasi maʼmuriy xodimi.
1998-1998 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasining „Iqtisodiy tadqiqotlar markazi“ qo‘shma loyihasi maʼmuriy xodimi.
1998-2001 — O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi maʼmuriy xodimi.
2001-2004 — BMT taraqqiyot dasturi ko‘magidagi O‘zbekiston hukumatining „taraqqiyotga hamkorlik ko‘rsatish“ dasturi rahbari.
2004-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
2006-2009 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
2009-2011 — Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi.
2011-2013 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i.
2013-2013 — O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili.
2013-2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi.
2014-2017 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2023-yil.
- ↑ Dilyor Xakimov naznachen poslom Uzbekistana v Belgii