Kontent qismiga oʻtish

Muhammadjon Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadjon Yoʻldoshevich Yoʻldoshev
Tavalludi 1-may 1904-yil
Beshariq qishlogʻi, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 3-sentyabr 1985-yil(1985-09-03)
(81 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi tarixchi, sharqshunos
Sohasi tarix, manbashunoslik, arxiv, sharqshunoslik
Taʼlimi Oʻrta Osiyo kommunistik universiteti
Ilmiy darajasi tarxi fanlari doktori
Ilmiy unvoni akademik
Mukofotlari

Muhammadjon Yoʻldoshevich Yoʻldoshev (1904-yil, 1-may, Beshariq qishlogʻi, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi1985-yil 3-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli sharqshunos, tarixchi olim, davlat arbobi[1]. Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi ikkinchi kotibi, 1-chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati (19381946), tarix fanlari nomzodi (1947), tarix fanlari doktori (1953, professor (1961), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1968)[1][2][3].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadjon Yoʻldoshev 1904-yil 1-may Fargʻona viloyati, Beshariq qishlogʻi toʻquvchi oilasida tavallud topgan[1][2][4]. Millati oʻzbek. Boshlangʻich taʼlimni qishlogʻidagi maktabidan olgan. 1914-yildan 1918-yil sentyabrgacha Beshariq qishlogʻida qarindoshlar xoʻjaligida dehqon, 1918-yil sentyabrdan [[1922-yil] aprelgacha qarindoshlarining hunarmandchilik ustaxonasida toʻquvchi shogirdi, toʻquvchi boʻlib ishlagan[4]. 1919-yilda komsomolga va qishlog‘idagi Inqilobiy kengash a’zosi boʻladi. 1922-yil martdan KPSS aʼzosi[1].

1922-yil apreldan 1923-yil noyabrgacha bosmachilarga qarshi kurashda harbiy eskadron hamda koʻngillilar otryadining siyosiy rahbari boʻlgan[2].

1923-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo kommunistik universitetiga oʻqishga kiradi[1]. Oʻqishdan tashqari, 19251926-yillari Toshkentning Eski shahrida oziq-ovqat sanoati ishchilari uyushmasi partiya qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. 1928-yilda universitetni tarix oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha bitiradi[5].

19291930-yillarda Toshkent okrug qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi mudiri, 19301931-yillari VKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi tashkiliy boʻlimi mudiri, 19331935-yillari Ukraina KP (b) MK sektor mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 19351937-yillari Moskvada joylashgan Qizil Professura instituti tinglovchisi boʻlgan. 19371940-yillarda Toshkent shahar va viloyat partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi, 19381941-yillari „Oʻzbekiston kommunisti“ jurnali masʼul muharriri, 19401942-yillari Oʻzbekiston SSR Maorif xalq komissari, 19411942-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti direktori[5], 19421945-yillari Orenburg viloyatidagi Buguruslan oʻqituvchilari instituti, 19451948-yillarda Mordva pedagogika instituti direktori vazifasida ishlagan[2][4]. Yoʻldoshev 19511956-yillari SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim, shu bilan ayni vaqtda, Leningrad davlat universiteti dotsenti, 19561961-yillarda Oʻzbekiston KP (b) MK huzuridagi partiya tarixi instituti direktori[1][3], 19611983-yillari Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida sektor mudiri boʻlgan[4]. 1983-yilda pensiyaga chiqadi. 1947-yilda „XVI—XVII asrlarda Buxoro va Rossiya munosabatlari“ (ruscha: „Взаимоотношения Бухары с Россией в XVI-XVII вв.“) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1953-yil Leningradda „Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi“ (ruscha: „Землевладение и государственное устройство феодальной Хивы XIX века в свете материалов архива хивинских ханов“) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[1][2]. Asosan ilmiy faoliyatini oʻzbek xalqinining oʻrta asr tarixi va manbashunoslikka oid masalalarini yoritishga bagʻishlagan[3]. Xiva xonligi va Buxoro amirligi tarixiga oid arxiv hujjatlarini topish, tadqiq etish va nashr etishda alohida xizmat koʻrsatgan[5].

Yoʻldoshev Oʻzbekiston KP MK byurosi aʼzosi (19291930, 19381942), Oʻzbekiston KP MK aʼzosi (19281942, 19561961), Oʻzbekiston SSR MIK aʼzosi (19281948), 1-chaqiriq SSSR Oliy Soveti va Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati ham boʻlgan.

1985-yil 3-sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan[1][4].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984);
  • Lenin ordeni;
  • „Hurmat Belgisi“ ordeni;
  • „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“ medali (1946)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Юлдашев Мухамеджан Юлдашевич“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „К 80-ЛЕТИЮ СО ДНЯ РОЖДЕНИЯ АКАДЕМИКА АН УзССР М. Ю. ЮЛДАШЕВА“. журнал „Общественные науки в Узбекистане“. №5 (1984). 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 5-jild (Industriyalash — Konkurensiya). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1974 — 640-bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „ЮЛДАШЕВ, Мухамеджан Юлдашевич“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 4-jild (Zebunniso — Konigil). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2002 — 704-bet.