WikiStipendiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

 Loyiha sahfasini koʻrish uchun Vikipediya:WikiStipendiya marafoni sahifasiga oʻting

WikiStipendiya
Maqomi Davom etmoqda
Shiori Tilimiz uchun!
Ishga tushgan sanasi 20-may, 2022-yil(2022-05-20)
Joylashuvi Virtual
Asoschi(lar)i Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Vebsayti Rasmiy Telegram kanal
Til(lar)i Oʻzbek

WikiStipendiya — Oʻzbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilashga qaratilgan viki loyiha. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yosh ijodkorlar kengashi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi[1].

Loyihaning nomi „viki“ hamda „stipendiya“ soʻzlarining birikmasidir. Loyiha oʻzbekcha Vikipediyada maʼlumotlarni miqdorini oshirishga qaratilgan boʻlib, unda nafaqat talabalar, balki istalgan shaxs qatnashishi mumkin[2]. Loyihaning yana bir maqsadi oʻzbek tilidagi vikilarda tahrirchilar sonini koʻpaytirishdir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

WikiStipendiya matbuot anjumani

WikiStipendiya Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda oʻzbek tili Internetda munosib oʻrinni egallashini taʼminlash borasida chiqargan farmoni asosida yoʻlga qoʻyildi. Yoshlar ishlari agentligi yirik mukofot jamgʻarmasiga ega viki-marafonni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Yosh ijodkorlar kengashi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oradan koʻp oʻtmay, Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tashabbusni toʻliq qoʻllashga qaror qildi.

2022-yilning 13-may kuni Toshkent shahrida viki-marafon haqida jamoatchilikka xabar tarqatish maqsadida matbuot anjumani oʻtkazildi[3]. WikiStipendiya talabalar orasida va matbuotda katta qiziqish uygʻotdi, bir necha nashrda marafon haqida maqola chop etildi[4][5]. Marafon 20-may kuni rasman ochilishiga qadar marafonning rasmiy Telegram kanaliga 15 mingga yaqin odam obuna boʻldi.

2022-yilning 14-mayi kuni Toshkent shahrida yangi foydalanuvchilar uchun mahorat darsi uyushtirildi. Shuningdek, taʼlim muassasalari xodimlari bilan alohida sessiya oʻtkazilib, ularga marafon hamda Vikipediya Taʼlim dasturi haqida maʼlumot berildi.

Marafon rasman boshlanishidan oldin Yoshlar ishlari agentligi qoʻllovi bilan 12 videodan iborat video qoʻllanma yozib olindi hamda oʻzbekcha Vikipediyaning YouTube kanaliga yuklandi.

Metodologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining faol aʼzolari tomonidan uyushtirilgan mahorat darsi

WikiStipendiya 2022-yilning 20-mayidan 2022-yilning 20-dekabriga qadar davom etadigan viki-marafon oʻlaroq uyushtirildi. Qatnashuvchilar kamida 15 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan istalgan mavzuda kontent yaratishlari mumkin[6]. Shunday boʻlsa-da, olti keng yoʻnalishda maqola yaratish tavsiya qilindi (tabiiy fanlar va tabiatshunoslik, tarix, madaniyat va sanʼat, falsafa, texnika va texnologiyalar, inson va jamiyat, oʻyinlar va sport, geografiya). Foydalanuvchilar mavzu tanlashi oson boʻlishi uchun yaratilmagan maqolalar roʻyxati tuzildi[7].

Eng faol foydalanuvchilarni bir martalik stipendiya bilan taqdirlash uchun 320 million soʻmga yaqin mablagʻ ajratildi[8]. Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining faol aʼzolari marafon qatnashuvchilari qoʻshgan hissani baholash vazifasini oʻz zimmalariga olishdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]