Kontent qismiga oʻtish

Muhammad at-Tabriziy (nozim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad at-Tabriziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1825-yil (hijriy 1240-yil)
Vafoti milodiy 1903-yil (hijriy 1320-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi nozim

Muhammad ibn Abdulazim at-Tabriziy Tabrizda hijriy 1240-yil (milodiy 1825-yil)da tavallud topib, hijriy 1320-yil (milodiy 1903-yil)da vafot etgan) — nozim (nazmda asar yozadigan ijodkor) boʻlgan. Soʻngra Iroqqa koʻchib oʻtgan. Koʻpgina oʻlkalarni kezgan. Tijorat bilan shugʻullanib, badaviylarning iboralarini yaxshi bilgan. Hillada muqim oʻrnashib qolgan, shu yerda vafot etgan va Najafga olib kelinib, shu yerga dafn qilingan. „Devon“i bor. Vafotidan keyin ushbu devonni uning oʻgʻli tuzgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 161-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.