Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ar-Romaroniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ar-Romaroniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 971-yil (hijriy 360-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

(Abu Jaʼfar) Muhammad ibn Jaʼfar ibn Ibrohim ibn Iso an-Nasaviy ar-Romaroniy (hijriy 360-yil (milodiy 971-yil)da vafot etgan) — Romaron ahliga mansub fozil faqih boʻlgan. Husni xulq sohibi boʻlgan va koʻp hadislarni yod bilgan. Ilm izlab, Shom (Suriya), Iroq, Hijoz va Misrga borgan hamda hadis ilmini oʻrganguncha oʻsha yurtlarda yashagan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.