Muhammad al-Xoʻtaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Xoʻtaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1800-yil (hijriy 1214-yil)
Vafoti milodiy 1969-yil (hijriy 1389-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi mudarris

Muhammad ibn Ibrohim ibn Saʼdulloh ibn Abdurrahim al-Fuzayliy al-Xoʻtaniy (hijriy 1214-yil (milodiy 1800-yil)da tugʻilib, Madinada hijriy 1389-yil (milodiy 1969-yil)da vafot etgan) — turkistonlik mudarris boʻlgan. Turkiston hududidagi Xoʻtanga qarashli Qaraqosh shahrida tugʻilgan. Shu yerda va Qoshg‘ar shahrida bilim olgan. Soʻngra Ostonaga, undan hoji boʻlib Makkaga borgan va Madinai munavvarada turgan. „Nizomiya“ madrasasida, soʻngra sharʼiy ilmlar madrasasida dars bergan. Saudiya Arabistoni hukumati uni Madinadagi kutubxonalarga va keyinroq esa Ommaviy kutubxonaga boshliq qilib tayinlagan. U Shom, Iroq, Turkiya va boshqa oʻlkalarga safar qilgan. U arab tili bilan birgalikda, urdu, turk, forsiy va buxoriy tillarini ham yaxshi bilgan. „Nabaviya“ masjidida dars bergan. Arab va boshqa tillarda koʻp kitoblar tasnif qilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Majmuʼatu-l-fatovo“ („Fatvolar toʻplami“);
  • Tanqihu-n-nahviy“ („Grammatikani qayta koʻrib chiqish“);
  • Tuhfatu-l-mustajiriyn biasonidiaʼlami-l-muhizziyn fi-l-hadis“ („Hadis ilmi dargʻalaridan yordam soʻrovchilarning tuhfasi“);
  • Fathur-raʼuf zi-l-minan fi tarojimi ulamoi Xoʻtan“ („Xoʻtan ulamolarining tarjimai hollari haqida mehr sohibi boʻlgan mehribonning zafari“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 145 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.