Kontent qismiga oʻtish

Muhammad al-Abivardiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Abivardiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1065-yil (hijriy 457-yil)
Vafoti milodiy 1114-yil (hijriy 507-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi adib, shoir, tilshunos, nasabshunos, muarrix olim

(Sadruddin, Abul Muzaffar) Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Isʼhoq ibn al-Hasan ibn Mansur ibn Muoviya al-Umaviy al-Anbasiy al-Muʼoviy al-Abivardiy ash-Shofiʼiy (hijriy 457-yil (milodiy 1065-yil)da Xurosondagi Abivardda tugʻilib, yoshi ulg‘ayganda 507-hijriy yil rabiulavval oyining 25-sanasi (milodiy 1114-yil)da Isfahonda zaharlanib vafot etgan) — adab haqidagi jozibador va keng maʼnoli asarlar muallifi, adib, shoir, tilshunos, nasabshunos, muarrix olim va fozil inson bo‘lgan. U bir jamoadan, boshqa bir jamoa esa undan hadis tinglagan.

  • Zodu-r-rifoq fi-l-muhodaroti-l-muxtalif va-l-muʼtalif“ (Arablarning nasablari haqida o‘zaro mos keluvchi va bir-biridan farq qiluvchi fikrlar xususida bitilgan „Ixtilof va murosaga oid maʼruzalar haqidagi o‘zaro birodarlik ozuqasi“ nomli asar);
  • Tabaqotu-l-ilmi fi kulli fan“ („Har bir fan sohasidagi olimlarning tabaqalari“);
  • Devonu sheʼr“ („Devon“);
  • Tarixu Abivarda va Naso“ („Abivard va Nasoning tarixi“);
  • Kavkabu-l-mutaʼammal“ („Orzular sayyorasi“, unda xayol-fantaziyalar vasf etilgan);
  • Devonu majmuʼ qasoʻid muxtora“ („Tanlangan sheʼriy qasidalardan tuzilgan devon“);
  • Sharhu-l-qasoidi-n-najdiyot“ („Najda qasidalarining sharhi“, unda nasablar bayon etilgan);
  • Qabsatu-l-ajlon fi nasabi oli Abi Sufyon“ („Abu Sufyon avlodlarining nasabi haqida tez o‘zlashtiriladigan bilim“);
  • Nuhzatu-l-hofiz“ („Hofizning qulay fursati“);
  • al-Mujtabiy mina-l-mujtabiy“ („Tanlovchidan tanlovchi“);
  • Tabaqotu-l-ilmi fi kulli fan“ („Har birfan sohasidagi olimlarning tabaqalari“);
  • ad-Durra as-samina“ („Qimmatbaho gavhar“);
  • Sahlatu-l-qorih“ („Keksa ayyorning kinoyali kulgisi“);
  • Devonu sheʼr“ („Devon“);
  • an-Najdiyot“ („Najdiy qasidalar“);
  • Taluvvu-l-hamosa“ („Mardlik tepaligi“);
  • Bug‘yatu-sh-shodiyfi ilali-l-aruz“ („Aruz illatlari haqida xonish qiluvchining maqsadi“);
  • Sharhu-l-qasoidi-n-najdiyot“ („Najda qasidalarining sharhi“, unda nasablar bayon etilgan);
  • Tarjimatu-s-salafiy fi axbori Johiz“ („Johiz xabarlarihaqidagi salafiyning tarjimasi“);
  • ad-Durra as-samina“ („Qimmatbaho gavhar“);
  • Taʼillatu-l-maqrur fivasfi-l-bardi va-n-niyron“ („Sovuq va olovni vasf qilish haqidagi sovuqni sezadigan kishining vajhi“)[1].
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 114 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.