Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi
Muhammad Hakimbiy | |
---|---|
Qoʻshbegiyi bolo | |
Mansab davri 1812 – 1837 | |
Hukmdor | Amir Nasrulloh |
Oʻtmishdoshi | Oʻtkurbiy |
Vorisi |
Rahmonberdi turkman Azizbiy |
Qarshi hokimi (bek) | |
Mansab davri 1800 – 1821 | |
Hukmdor | Amir Haydar |
Oʻtmishdoshi | Oʻtkurbiy |
Vorisi | Amir Nasrulloh |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1769-yil Buxoro |
Vafoti |
1840-yil Buxoro |
Fuqaroligi | Buxoro amirligi |
Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi (1769-yil, Buxoro — 1840-yil, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligining harbiy va davlat arbobi, 1812—1837-yillarda bosh vazir (qoʻshbegiyi bolo).
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Hakimbiy 1769-yilda Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida Oʻtkurbiy xonadonida tavallud topgan. Oʻzbeklarning mangʻit urugʻidan boʻlgan. Amir Haydar davrida (1800—1826) qoʻshbegi katta taʼsirga ega boʻladi. 1800-yilda qoʻshbegi Qarshi beki etib tayinlanadi. Amir Nasrulloh davriga (1827—1860) kelib, qoʻshbegi oʻzining lavozimini saqlab qoladi, oʻgʻli Ibrohimbekga esa Qarshi beki lavozimi beriladi[1]. Vitkevichning yozishicha, 1835-yilda amir Nasrulloh hokimiyatiga Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi kuchli taʼsir koʻrsata boshlagan. Bunga sabab amir Haydar vafotidan soʻng amir farzandlari oʻrtasida taxt uchun oʻzaro kurashlar avj oladi. Tarixchi Mirzo Abdulazim Somiyga koʻra, amirga Buxoro taxtini egallashda qoʻshbegi katta yordam koʻrsatgan, amir Buxoroni qamal qilayotgan paytda qoʻshbegi shahar darvozalarini amir qoʻshinlariga ochib bergan[2]. Qoʻshbegi butun buxoroliklardan va hattoki, amirning oʻzidan ham boyroq boʻlgan. Qoʻshbegi davlatning bosh mansabdori hisoblangani uchun bojxona va soliqlarni ham nazorat qilardi. Bundan tashqari, amirning sogʻligiga javobgar boʻlgani tufayli bozorda amir uchun olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini, amirni zaharlamasliklari uchun har kuni uning ovqati va ichimligini maxsus idishda berilishini shaxsan nazoratiga olgan[3]. Ayrim saroy aʼyonlarining fitnasi sabab Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi va amir Nasrullohning oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqadi. Natijada qoʻshbegi 1837-yilda Qarshiga, soʻngra Nurotaga surgun qilingan, surgundan soʻng Buxoroga chaqirilib, qamoqqa oilngan. 1840-yilda esa qoʻshbegi amir Nasrullohning buyrugʻi bilan qatl etilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Voronovskiy D. G. „Gulshen-al-mulk“ Muxammad Yakuba Buxari. Dissertatsiya na soiskaniye stepeni kandidata istoricheskix nauk (rus tilida), s. 206.
- ↑ Jamshidbek Sobirov. „Accession of amir Nasrullakhan to the throne of Bukhara“ 37-sahifa. Savantic journals (2022-yil 1-iyun). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ „Zapiski o Buxarskom xanstve (Otchyoti P.I. Demezona i I.V. Vitkevicha)“ (rus tilida). Moskva. Nauka (1983). 2022-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Grigoryev, Vasiliy. O nekotorix sobitiyax v Buxare, Kokande i Kashgare. Zapiski Mirzi-Shemsa Buxari. Qozon: Universitetskaya tipografiya (1861), s. 78.