Morxoʻr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Buramashox echki
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Morxoʻr, burama shoxli echki (Capra falconeri) — togʻ echkilari urugʻiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasining uz. 170 sm, boʻyi yagʻrinidan 90 sm ga, vazni 90 kg ga yaqin. Shoxlari parmaga oʻxshash buralgan. Juni jigarrang, baʼzan oqish. Erkaklarining boʻyni va koʻkragida uzun junlari bor. Shimoliy va Shim.-Gʻarbiy Hindiston, Jan.-Sharqiy Eron va Afgʻonistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Koʻhitang va Bobotogʻda uchraydi. Qoya toshli tik togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Soni juda kamayib ketgan. Oʻzbekiston va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil