Molxona (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Molxona
Asl nomi Animal Farm: A Fairy Story
Muallif(lar) Jorj Oruell
Muharrir(lar) M.A. Nurmuhamedova
Tarjimon(lar) Karim Bahriyev
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Janr(lar)i Majoziy roman
Nashr etilgan sanasi 1945-yil
Nashriyot "Secker and Warburg"
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2021-yil ("NIHOL" nashriyoti)
Sahifalar soni

112 bet (Original nashr)

100 bet (O'zbekcha nashr)
ISBN 978-9943-23-149-8 (O'zbekcha nashr)


Molxona (Orginal nomi Animal Farm) Jorj Oruelning majoziy til bilan yozilgan siyosiy-hajviy romani. Roman ilk bor Buyuk Britaniyada 1945-yilda chop qilinadi. 1996-yilda esa oʻtmishda yozilgan asarlar uchun beriladigan Retro Hugo mukofoti bilan taqdirlanadi. Roman Stalinizmga qarshi tanqid sifatida yozilgan. Oʻzini har qanday totalitarizmga qarshi sotsial-demokrat sifatida tanitgan Jorj Oruell romanda SSSR davlatining vujudga kelgandan keyin mamlakat ichida roʻy bergan voqea va hodisalarni yumor va majoziy yoʻl bilan ochib beradi.[1] Molxona asari nashr qilingan davrda turli bahslarga sabab boʻlib, qattiq tanqidga ham uchraydi. Stalinizmga tanqidiy ruhda yozilgan ushbu asar sabab ikkinchi jahon urushidagi ittifoqdosh SSSR bilan „iliq“ aloqalarga putr yetishini istamagan Britaniya hukumati bu asarga baʼzi senzuralarni kiritadi. Roman uchun multifilm ishlanayotganda CIA tomonidan oʻzgartirib talqin qilingani ham iddiao qilinadi.[2] Romanning asl mazmuniga sodiq boʻlgan film 1999-yilda suratga olinadi. Molxona Romani Pink Floydning Animals musiqiy albomi uchun ilhom manbasi boʻlib xizmat qiladi.

Asar qahramonlari.[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mayor — hayvonlar jamiyati gʻoyasining asoschisi, oʻlimi oldidan „ozod hayvonlar jamiyati“ qurishni vasiyat qiladi (qiyosan, ushbu obrazni komunistik mafkura asoschisi Karl Marksga tenglashtirish mumkin.
  • Snouboll — inqilobni tashkil qiluvchilardan va jamiyatning ilgʻor fikrli rahbarlaridan biri. Ammo keyinchalik Napoleon tomonidan quvib yuboriladi va uning nomi ham qora qilinadi. (qiyosan, Lev Trotskiy ushbu obrazga ancha yaqin — chunki aynan Trostkiy Stalin tomonidan oʻzining kommunistik qarashlariga zid boʻlganligi sababli barcha lavozimlardan chetlashtirilib, keyinchalik oʻldiritirladi.)
  • Napoelon — hayvonlar jamiyatining yetakchisi, keyinchalik hayvonlar dohiysi (qiyosan Stalin va undan keyingi kommunistik davlat yetakchilari). Kitobda uning qarashlari Animalizm sifatida beriladi. Va Stalinning Marksizm hamda Leninizm qarashlaridan qaytganligiga ishora qilinadi.
  • Benjamin — keksa dono eshshak, koʻp narsani biladi, aqlli ammo hech narsaga aralshmasdan yurishni afzal koʻradi (buni hamma narsani anglaydigan, ammo siyosatga aralashishdan oʻzini tiyadan ziyolilar qatlamiga qiyoslash mumkin)
  • Bokser — oʻta mehnatkash, oʻz sogʻlidan ham jamiyat muvaffaqiyatini ustun qoʻyadigan oxir-oqibat qassobxonaga topshirilgan ot (mehnatkash (sovet) aholi(si) ushbu obrazga qiyos qilinishi mumkin.)
  • Qichqiroq — maʼnaviyatchi choʻchqa. Napoleonning topshiriqlarini boshqa hayvonlarga yetkazish uchun maʼsul obraz. U har qanday holatni ustamonlik bilan odamlarga singdirishga juda usta. (qiyosan: kommunistik propaganda mashinasi)[3]
  • Janob Jonis — fermaning sobiq egasi. (qiyosan: rus podshosi Nikolay ll)
  • Moses — janob Jonesning quzgʻuni. Ruhoniy va dindor voizlarga oʻxshatma qilinadi. Inqilobdan keyin boshqa yerga uchib ketadi. Ammo keyin yana qaytib keladi. Va, doim fermadagi hayvonlarga osmondagi „hayvonlar jannati“ (Balbadem diyori) haqida vaazlar aytib yuradi. Bular yolgʻon boʻlsa ham choʻchqalar uning qolishiga va sharob ichishiga ruxsat berishadi.
  • Yosh choʻchqalar — Ferma boshqaruvini qoʻlga kiritgan Napoleondan norozi boʻlib yurgan, keyinchalik oʻldirib yuborilgan toʻrt yosh choʻchqa. (qiyosan: Grigori Zinovyev, Lev Kamenev, Nikolay Buharin ve Aleksey Rikov)
  • Minimus — Molxonaning ikkinchi va uchinchi madhiyasini yozib chiqqan shoir. (qiyosan: Vladimir Mayakovskiy)
  • Janob Fridrix — Qoʻshni fermaning egasi. Xoʻjaligini qattiq tartib bilan yuritayotgan inson. (qiyosan, Adolf Gitler)
  • Janob Pilkington — Ishbilarmon odam. (qiyosan, Uinston Cherchill)
  • Va boshqalar

Jorj Oruel 1917-yildagi „oktabr inqilobi“dan so'ng yuz bergan voqealardan yaxshigina xabardor boʻlib, buni doimiy kuzatib borgani koʻrinib turibdi. Bu asarni kommunizmning illatlarini ochib berishga qaratilganiga urgʻu bergan Jorj Oruel shuningdek, oʻz qarashi boʻlgan sotsial-demokratlikdan hayoti davomida voz kechmagandi. U doim ishchilar haq-huquqlarini qoʻllab quvvatlaydi. Yaʼni, qisqasi, Jorj Oruelning kommunist ekanligi haqidagi gaplar bir uydirma xolos.

Asardagi „Animalizm“ tamoyili[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ikki oyoqlilar — dushman;
  2. Toʻrt oyoqlilar va qanotlilar — doʻstlar;
  3. Hayvonlar kiyim kiymasligi kerak;
  4. Hayvonlar toʻshakda uxlamasligi kerak;
  5. Hayvonlar spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmasligi kerak;
  6. Hayvonlar boshqa hayvonlarni oʻldirmasligi kerak;
  7. Barcha hayvonlar tengdir.

Asardan iqtiboslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Barcha hayvonlar tengdirlar. Biroq ayrim hayvonlar boshqalaridan koʻproq tengdirlar.
  • …nigohlar choʻchqalardan odamlarga, odamlardan choʻchqalarga koʻchar, ular yana va yana goh odamlarning basharalariga, goh choʻchqalarning basharalariga boqar, ammo ularning qay biri choʻchqa-yu, qay biri odam ekanini ajrataolmasdilar.
  • Odam — oʻzi hech narsa ishlab chiqarmay, hammasini hazm qiladigan yagona mahluqdir.

u bilardiki, bu dunyoda ishlar hamisha shunday davom etgan, yaxshi ham, yomon ham boʻlmagan. Pastdagilar ishlagan, yuqoridagilar yeb-ichgan, hayvonlar uchun hamisha ochlik, qashshoqlik va hayronalik hasrati — bu foniy dunyo hayotining rad qilib boʻlmas haqiqatidir.

  • Zaif yoki kuchli, aqlli yoki oddiy, barchamiz teng birodarlarmiz.[4]
  • Bugun ariqdagi suv qanday mazzali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli;
  • Majlisga kelish, albatta, ixtiyoriy, ammo kelmaganlar uchun ovqatning yarmi ushlab qolinadi;
  • Shunga qaramay, ularda faqat raqamlar bilan emas, yesa boʻladigan narsalar bilan ovqatlanishni afzal koʻradigan kunlar ham boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Why I Write [Neden Yazıyorum]“. George Orwell (İngilizce). 21 Ekim 2018 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 31 Ocak 2021.
  2. http://www.defensetech.org/archives/002229.html 20 Ağustos 2006 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi. defensetech.org
  3. https://ziyonet.uz/molxona_asari[sayt ishlamaydi]
  4. https://ziyonet.uz/molxona_asari[sayt ishlamaydi]