Nikolay Buharin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bucharin.bra.jpg

Nikolay Ivanovich Buharin (1888-1938) — siyosiy arbob, akademik (1928). Rossiyadagi 1905–07 va 1917-yilgi (oktabr) inqiloblar ishtirokchisi. 1917–18 yillarda "soʻl kommunistlar" yetakchisi. 1918–29 yillarda "Pravda", 193437-yillarda "Izvestiya" gazetalari muharriri. 1917–34 yillarda partiya MK a’zosi (1934–37 yillarda a’zolikka nomzod). 1924—29 yillarda MK Siyosiy byurosi a’zosi. 20-yillar oxirida qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish va industriyalashni oʻtkazishda favqulodda choralar qoʻllanilishiga qarshi chiqdi, bu esa "VKP(b)da oʻng ogʻmachilik" deb e’lon qilindi. Buharin falsafa va siyosiy iqtisod fanlari buyicha asarlar muallifi. 1938-yil mart oyida sovetlarga qarshi "oʻng trotskiychi blok" deb atalgan ish buyicha qatagʻon qilingan, ulimidan keyin oqlangan (1988).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Buharin Nikolay Ivanovich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil