Mirzo Usmon sarrof madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzo Usmon sarrof madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Mirzo Usmon sarrof madrasasi Mehtar Idrok guzarida joylashgan bo‘lib 5 hujradan iborat o‘quv dargohi bo‘lgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzo Usmon sarrof madrasasini Mirzo Usmon sarrof pishiq g‘ishtdan qurdirgan va vaqf mulki ajratgan. Vaqf hujjati shartiga ko‘ra, Mehtar Idrok masjidi imomi ushbu madrasaga mudarris etib tayinlangan. Unga har uch oyda 10 tanga mehnat haqi belgilangan. O‘sha paytda masjid imomi bo‘lgan mulla Obidxoja dars o‘tishga kirishgan. Hujralardan biri ham masjid imomiga berilgan. Talabalarga ajratilgan hujralarga yiliga 40 tanga haq tayin qilingan. Mulla Obidxoja mudarris etib tayinlanishidan oldin uni sadr mufti askar Mir Badriddin imtihon qilgan. U „Hidoya“ asarining „mahr“ faslidan 12 qator o‘qigan va tarjima qilib bergan. Yiliga 40 tanga haq olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 364.