Mirali Sharipov
Mirali Beshimovich Sharipov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
30-avgust 1987-yil Buxoro, Oʻzbekiston SSR |
Boʻyi | 173 sm |
Vazni | 66 kg, 73 kg toifasida |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Jedju 2008 | 66kg gacha |
Bronza | Toshkent 2016 | 73kg gacha |
Mirali Beshimovich Sharipov (1987-yil 30-oktyabr, Buxoro , Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, xalqaro toifadagi sport ustasi. Grand Slam, Masters, Gran-pri turnirlarining gʻolibi va sovrindori. Pekindagi 29-Yozgi Olimpiya oʻyinlari (66 kg) va Rio-de-Janeyrodagi 31-Yozgi Olimpiya oʻyinlari (73 kg) ishtirokchisi. Jahon va Osiyo chempionatlarida ham oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirali Sharipov 2008-yili Jedjudagi (Janubiy Koreya) dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 66 kg vazn toifasida qitʼa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 66 kg vazn toifasida ilk bellashuvda ispaniyalik Óscar Peñas magʻlub etdi. Keyingi bosqichda jazoirlik Mounir Benamadini ustidan ham gʻalaba qozondi. Chorak final uchrashuvida esa yaponiyalik Masato Uchishibaga vaza-ari awasete ippon (ikki ochko) hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Masato finalgacha boradi. Broza medali uchun bahsda Shimoliy Koreya dzyudochisi Pak Chol Minga yutqazib qoʻydi[2].
2008-yilning 5-6-oktyabr kunlari Tokio shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida 66 kg vazn toifasida dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2009-yil 26-oktyabrda dzyudo boʻyicha Riga xalqaro turnirining gʻolibi boʻlgan. 2010-yil 6-noyabr kuni Rossiyaning Cheboksari shahrida dzyudo boʻyicha klublar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa jamoaviy chempionatida 73 kg vazn toifasida bronza medali sovrindori boʻldi. 2010-yil 13—15-mart kunlari Chirchiq shahrida dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati, turnir gʻolibi va 73 kg vazn toifasida chempion boʻldi.
2011-yilning 17—18-sentyabr kunlari Oʻzbekistonda dzyudo boʻyicha birinchi jahon kubogi „IJF WORLD CUP TASHKENT“ 73 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer va Osiyo dzyudo ittifoqi prezidenti Obayd Al-Anzi ishtirok etgan.
Mirali Sharipov 2012-yilda Bokuda (Ozarbayjon) dzyudo boʻyicha Gran-pri bosqichida u finalda ozarbayjonlik Rustam Orujovga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[3].
2012-yilning 22—23-sentyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha „IJF WORLD CUP TASHKENT“ musobaqasida 73 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda Arsen Babayanni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2013-yilning 25—26-may kunlari Rossiyaning Tyumen shahrida dzyudo boʻyicha „Masters“ turkumidagi nufuzli turnir boʻlib oʻtdi. Unda Sharipov bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2013-yilning 4—6-oktyabr kunlari dzyudo boʻyicha Gran-pri Tashkent xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. 73 kilogrammgacha boʻlgan sportchilar sifatida ishtirok etgan Sharipov finalda braziliyalik Alex Pombo da Silvani magʻlub etdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2013-yilning 24—25-noyabr kunlari Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda 73 kilogrammgacha boʻlgan vaznda bronza medali sohibiga aylandi.
U 2015-yilda Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasining finalda bosqichida portugaliyalik Nuno Saraviyani magʻlubiyatga uchratib, birinchi oʻrinni egalladi. Xitoyda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Gran-prida u tatamida hamyurti Gʻiyosjon Boboyevni ustidan gʻalaba qozonib, bronza medali sohibi boʻladi[4].
Boku-2016 Grand Slam turniri 73 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2016-yilda Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 73 kilogramm vazn toifasida bronza medalini oldi[5]. Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida 1/16 finalda gollandiyalik Dex Elmontga imkoniyatni boy berdi[6]. Xuddi shu yili u sportdagi faoliyatini tugatdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „JudoInside - Asian Championships Jeju Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ „2008 Beijing Summer Olympics - Judo | Athlete Profiles, Blogs, Videos & Photos | NBC Olympics“. web.archive.org (2012-yil 21-avgust). 2012-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ „Дзюдоисты Узбекистана в турнире серии Гран-при в Баку завоевали 1 серебряную и 2 бронзовые медали“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ „Мирали Шарипов стал бронзовым призером Гран-при по дзюдо в Китае“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ „IJF live results“. www.ippon.org. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- ↑ „Mirali SHARIPOV / IJF.org“. www.ijf.org. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
- 30-avgustda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Buxoroda tugʻilganlar
- 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- Kishilar
- Yashayotgan insonlar
- 30-oktyabrda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Buxoro viloyatida tug'ilganlar