Cheboksari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cheboksari (chuvashcha — Shupashkar) — RF Chuvashiya Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti (1925 yildan). Volga daryosining oʻng sohilida, Cheboksar daryosining Volgaga kuyilish joyida. Cheboksari stansiyasi, avtomobil yoʻllari chorrahasi, aeroport bor. Yirik dare porti. Aholisi 440,6 ming kishi (2002). Ilk bor 1469 yil solnomasida uchraydi. 1555 yildan Rus davlati qalʼasi. Volga boʻyining yirik savdo markazi. 1781 yildan Kozon gubernyasi uyezd markazi. 1920 yildan Chuvashiya muxtor viloyati markazi, 1925 yildan Chuvashiya Muxtor Respublikasi poytaxti, 1992 yildan Chuvashiya Respublikasi poytaxti. Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik (elektrotexnika sanoati, priborsozlik, traktorsozlik va boshqalar), yengil (shu jumladan, ipgazlama kti); shuningdek, oziq-ovqat (sut zdi, goʻsht kti), qurilish materiallari sanoatlari mavjud. Issiqlik elektr styasi bor. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Chuvashiya universiteti), 5 teatr, 4 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, adabiyot va boshqa muzeylar), filarmoniya, kartinalar galereyasi faoliyat koʻrsatadi.

Meʼmoriy yodgorliklardan Troitsa monastiri (16-asr), Vvedeniye sobori (1651), Vozdvijeniye (1702) va Uspeniye (1763) cherkovlari, 17—18-asrlarda qurilgan turar joy binolari saqlangan.