Minionlar (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Minionlar
Minions
Minionlar poster.jpg
Oʻzbekcha chiqishli poster
Rejissor
  • Pierre Coffin
  • Kyle Balda
Produser
  • Chris Meledandri
Ssenariynavis(lar) Brayan Linch
Rollarda
Sharhlovchi Geoffrey Rush
Bastakor Heitor Pereira
Muharrir Claire Dodgson
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Illumination Entertainment
Distributor Universal Pictures
Premyera
Davomiyligi 91 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $74 million[4]$74 million[4]
Daromad $1.159 milliard[5][6]
Keyingi film Minions: The Rise of Gru

Minionlar (inglizcha: Minions) 2015-yilda chiqarilgan komedik janrdagi kompyuter-animatsion filmdir.[7] Illumination Entertainment tomonidan ishlangan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Film Yaxshi boʻlish osonmi haqidagi turkum filmlarning uchinchisi hamda spin-offidir.[8][9][10] Film rejissorlari — Pierre Coffin va Kyle Balda, ssenariy muallifi — Brian Lynch, produserlar — Chris Meledandri va Janet Healy. Film bosh qahramonlariga Coffin (minionlar — Kevin, Stuart va Bob), Sandra Bullock, Jon Hamm, Michael Keaton, Allison Janney, Steve Coogan, Jennifer Saunders va Geoffrey Rush (sharhlovchi sifatida) ovoz bergan.

Film sikveli Minions: The Rise of Gru boʻlib, ushbu film premyerasi 2022-yilning iyulida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minionlar tiriklikning paydo boʻlganidan beri mavjud boʻlgan mayda, sariq jonzotlar boʻlib, ular sargʻish bitta hujayrali organizmlardan mavjudotlarga aylanib, faqat tarixning eng yovuz xoʻjayinlariga xizmat qilar edi. Minionlar hayotlari davomida Tiranozavrni vulqonga tashlashadi, gʻor odamini ayiqqa yem qilishadi, Firʼavnning ustiga piramidani qulatishadi, Draculaga quyosh nurini koʻrsatish tufayli uni oʻldirishadi va nihoyat Rossiyada tasodifan Napoleonga toʻp otib yuborganlaridan soʻng, ular yolgʻizlikda yashashga mahkum boʻlishadi va ulkan gʻorda yangi hayot boshlashadi. Koʻp yillar oʻtgach, Minionlar tushkunlikka tushadilar, bezovtalanadilar va xizmat qilish uchun xoʻjayin boʻlmagani uchun zerikishadi. Oʻzlarining qadr-qimmatini va maqsadga erishish hissini tiklash uchun Kevin, qoʻrqmas Minion, yangi xoʻjayin topishga qaror qiladi va boshqa Minionlardan yordam soʻraydi. Musiqaga moyilligi bor bir koʻzli Minion Stuart va yosh, tajribasiz, ammo ishtiyoqli Minion Bob, Kevinga hamroh boʻlishadi.

Ushbu uchlik 1968-yilda New Yorkka safar qilishadi. Ular shaharda sayohat qilishadi, kech tushganda esa bir univermagda tunashadi va u yerda Villain-Conʼni reklama qiladigan yovuzlar uchun yashirin tijorat koʻrsatuvini topishadi; Koʻrsatuvga koʻra, Orlandoda yovuz va superyovuz odamlar uchun anjuman boʻlib oʻtar ekan. Uchlik Nelson oilasi bilan birgalikda ushbu anjumanga borishadi. Uchlik u yerda tasodifan qabihliklari bilan boshqalarni hayratda qoldiradi. Anjumanda ular Scarlet Overkill ismli ayol superyovuzni koʻrishadi. Scarlet Minionlarni kutilmaganda yollab, Angliyadagi uyiga olib boradi. Kevin yoʻl davomida qolgan Minionlarni jamoasiga qoʻshilishga chaqiradi.

Scarlet Minionlarga Angliya qirolichasidan imperator tojini oʻgʻirlash rejasini tushuntiradi. Scarletning turmush oʻrtogʻi Herb ularga oʻgʻirlikda yordam berish uchun zamonaviy ixtirolarni yetkazib beradi. Minionlar tojni oʻgʻirlash uchum London minorasiga kirishganda deyarli ushlanib qolishadi, bu esa Bobning tasodifan toshdagi qilichga urilib, uni tortib olishi bilan yakunlanadi. Bu ishi tufayli Bob, Qirol Bobga aylandi. Qirolicha esa taxtdan olib tashlanadi. Boshqa birov uning taxtni oʻgʻirlash orzusini amalga oshirganidan gʻazablangan Scarlet, Minionlarga qarshi chiqadi, shuning uchun Bob oʻz foydasiga taxtdan voz kechadi. Minionlarni xiyonat qilganlikda ayblayotgan Scarlet, uchovini ham zindonga qamab qoʻyadi. Minionlar Herb tomonidan qiynoqqa solinadi, ammo ular Scarletdan uzr soʻrash niyati bilan qochishadi.

Westminster Abbeyʼga yoʻl olishganidan soʻng, Stuart va Bob tasodifan Scarletga qandilni tashlab yuborishadi. Bundan jahli chiqqan Scarlet, barcha jinoyatchilarga Minionlarni tutishni tayinlaydi. Oʻnlab jinoyatchilar momaqaldiroq paytida uchovini quvishadi; Stuart va Bob qoʻlga olinadi, Kevin esa hozirda Qirolicha Elizabeth boʻlgan barga boradi. U Scarletni televizorda koʻradi, u agarda Kevin tongga qadar chiqmasa, Stuart va Bobni oʻldirishini vaʼda qilmoqda. Yovuz odamlar uni qidirishda davom etar ekan, Kevin biror-bir qurolni oʻgʻirlash uchun Scarlet qalʼasiga kiradi. Ammo yovuz odamlar uni tutib olishidan oldin, Kevin tasodifan Herb qurayotgan mashinani ishga tushiradi va qasrni buzib, ulkan mavjudotga aylanadi. U Londonni oyoq osti qiladi, doʻstlarini qutqaradi va Londonda boshqa Minionlar ham kelganida, Scarlet bilan kurashadi. Scarlet ularni yoʻq qilishga harakat qiladi, ammo Kevin ulkan raketani yutib yuboradi. Scarlet va Herb raketali kiyimi bilan qochishga harakat qilmoqda, ammo Kevin unga minib, sayr qilishga tayyor. Raketa portlab, portlashga olib keladi. Boshqa Minionlar portlashni qaygʻu bilan kuzatmoqdalar, ammo Kevin omon qolgan va normal holatiga qaytgan.

Qirolicha Elizabeth II taxtni va tojni qaytarib oladi va Bobni ayiqcha uchun kichik toj bilan, Stuartni elektrogitara bilan va Kevinni ritsarlik unvoni bilan mukofotlaydi. Portlashdan omon qolgan Scarlet va Herb, tojni yana oʻgʻirlashadi, ammo ular raketali mototsiklda uchib yurgan yosh Gru tomonidan muzlatib qoʻyiladi. Gru tojni oladi va qochib ketadi. Minionlar hayratga tushishadi va Gruning orqasidan yugurib ketishadi, chunki uni oʻzlari izlagan yovuz xoʻjayin deb bilishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sandra Bullock returns to the limelight at 'Minions' world premiere“. en:Los Angeles Times (12-iyun 2015-yil). Qaraldi: 13-iyun 2015-yil.
  2. Brew, Simon „Minions: artwork, synopsis and trailer news“. Den of Geek! (29-oktabr 2014-yil). 1-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-oktabr 2014-yil. Arxivlandi 2014-11-01 Wayback Machine saytida.
  3. MINIONS (U)“. British Board of Film Classification (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.
  4. Fleming, Mike Jr. „No. 2 'Minions' – 2015 Most Valuable Movie Blockbuster Tournament“. Deadline Hollywood (28-mart 2016-yil). 23-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-mart 2016-yil.
  5. „Minions (2015)“. Deadline Hollywood. Qaraldi: 7-iyul 2017-yil.
  6. Minions. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 17-yanvar 2021-yil.
  7. Buchanan, Jason „Minions“. AllMovie. Qaraldi: 8-iyul 2015-yil.
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named GlobeMailReview
  9. Debruge, Peter „Film Review: 'Minions'“. Variety (18-iyun 2015-yil). 13-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
  10. Mottram, James „Film review: Minions - the yellow sidekicks get their own movie“. South China Morning Post (6-iyul 2015-yil). 13-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]