Mikalay Kamyanchuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikalay Kamyanchuk

Danilova va Kamyanchuk
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Мікалай Камянчук
Davlat Belarusiya
Tavalludi 9-avgust 1987-yil (1987-08-09) (36 yosh)
Minsk
Sherigi Tatyana Danilova
Oldingi sheriklari Lyubov Bakirova
Murabbiyi Dmitriy Kaplun
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Minsk
Uchishni boshlagan 1992
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 53.27
Erkin dastur 98.64

Mikalay Kamyanchuk (belaruscha: Мікалай Камянчук; 1987-yil 9-avgustda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi belarusiyalik figurali uchuvchi. U toʻrt marta Yvropa chempionatida sheriklari Lyubov Bakirova va Tatyana Danilova bilan birga kuchli oʻntalikka kirgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakirova/Kamyanchuk 2011-yilgi Yevropa chempionatida

Kamyanchuk 1992-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 16 yoshida yakka holda konkida ushishdan juftlikda konkida uchishga oʻtgan.

Kamyanchuk 2009-yilda rossiyalik Lyubov Bakirova bilan birga juftlik hosil qilgan va musobaqalada qatnasha boshlagan. Olti marta Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) chempionatida qatnashgan juftlik, 2011-yilda Bernda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida va 2012-yil Sheffildda oʻtkazilgan Yevropa chempionati musobaqalarida ishtirok etib, eng yaxshi natijaga erishgan va 10-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2011 — 2012-yilgi mavsum oxirigacha birga musobaqalarda chiqish qildilar.

Danilova bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikalay Kamyanchuk 2014 — 2015-yilgi mavsumda Danilova bilan Belorussiya terma jamoasi vakili sifatida kurasha boshlagan[1]. Juftlik 2014-yil dekabr oyida CS Golden Spin of Zagreb musobaqasida oʻz debyutini amalga oshirgan holda 6-o‘rindan joy olgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular Belarusiya chempionatida Mariya Palyakova / Nikita Bochkovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.

Danilova / Kamyanchuk juftligi 2016-yilda Bratislavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan va 2016-yilda Dmitriy Kaplun boshchiligidagi Bostonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20-oʻrinni egallagan[2].

Bu juftlik 2017-yilda Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan. Ular Xelsinkida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Jahon chempionatida 23-oʻrinni egallagan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Danilova bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2016 — 18

2015 — 16

  • Don Juan

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Danilova bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 2014 — 15 2015 — 16 2016 — 17 2017 — 18
Jahon chempionati 20 23
Yevropa chempionati 10 10
CS Golden Spin of Zagreb 6 8
CS Mordoviya bezaklari 5
CS Nebelhorn Trophy 12
CS Warsaw Cup 4 6
Toruń Cup 2
Milliy
Belarusiya chempionati 2 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mikhalevich, Yuriy. „"Хочется доказать Тарасовой, что мы не хромые лошади". История пары фигуристов из Беларуси“ (Russian). tut.by (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  2. Mikhalevich, Yuriy. „"Хочется доказать Тарасовой, что мы не хромые лошади". История пары фигуристов из Беларуси“ (Russian). tut.by (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  3. „Tatiana DANILOVA / Mikalai KAMIANCHUK: 2016/2017“. International Skating Union. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan.