Tatyana Danilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatyana Danilova
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Belarusiya
Oldin vakil boʻlgan Rossiya
Tavalludi 25-noyabr 1993-yil (1993-11-25) (30 yosh)
Moskva, Rossiya
Sherigi Mikalay Kamyanchuk
Oldingi sheriklari Andrey Novoselov
Murabbiyi Dmitri Kaplun
Oldingi murabbiylari Inna Utkina
Jamoasi SDUSHOR Minsk
Oldingi jamoalari UOR 4 Moscow
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Minsk
Uchishni boshlagan 2000
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 53.27
Erkin dastur 98.64

Tatyana Sergeyevna Danilova (ruscha: Татьяна Сергеевна Данилова; 1993-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Andrey Novoselov bilan birga Rossiya vakili sifatida 2010 Golden Spin of Zagreb musobaqasining kumush medali sohibi boʻlgan. Mikalay Kamyanchuk bilan Belorussiya vakili sifatida bellashib, 2015 Toruń Cup kumush medali sovrindori va ikki marta Yevropa chempionatida (2016, 2017) kuchli oʻntalikka kirgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Danilova va Andrey Novoselov 2009-yilda

Danilova 2000-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan[1].

Danilova 2009-yilda Andrey Novoselov bilan juftlik hosil qilgan. Bu juftlikka Moskvada Inna Utkina murabbiylik qilgan va ular Rossiya sharafini himoya qilgan. Juftlik 2010-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida 8-oʻrinni egallagan va keyingi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Avstriyada boʻlib oʻtgan bosqichda 4-oʻrinni va Germaniyada esa 6-oʻrindan joy olgan. Kattalar darajasida raqobatlashgan juftlik, 2010 Golden Spin of Zagreb musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdilar[2].

Danilova yelkasini operatsiya qildirganian keyin bir yil davomida konkida ucha olmadi, shuning uchun u Novoselovga boshqa sherik izlashi mumkinligini aytgan. Konkida uchishga qaytganidan soʻng, ikki yil davomida muz shoularida qatnashgan.

Kamyanchuk bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Danilova 2014 — 2015-yilgi mavsumda Mikalay Kamyanchuk bilan Belorussiya terma jamoasi vakili sifatida kurasha boshlagan[3]. Juftlik 2014-yil dekabr oyida CS Golden Spin of Zagreb musobaqasida oʻz debyutini amalga oshirgan holda 6-o‘rindan joy olgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyida Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular Belarusiya chempionatida Mariya Palyakova / Nikita Bochkovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.

Danilova / Kamyanchuk juftligi 2016-yilda Bratislavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan va 2016-yilda Dmitriy Kaplun boshchiligidagi Bostonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 20-oʻrinni egallagan.

Bu juftlik 2017-yilda Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 10-oʻrindan joy olgan. Ular Xelsinkida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Jahon chempionatida 23-oʻrinni egallagan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamyanchuk bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2016 — 18

2015 — 16

  • Don Juan

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Kamyanchuk bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 2014 — 15 2015 — 16 2016 — 17 2017 — 18
Jahon chempionati 20 23
Yevropa chempionati 10 10
CS Golden Spin of Zagreb 6 8
CS Mordoviya bezaklari 5
CS Nebelhorn Trophy 12
CS Warsaw Cup 4 6
Toruń Cup 2
Milliy
Belarusiya chempionati 2 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Татьяна Сергеевна Данилова“ [Tatiana Sergeyevna Danilova] (Russian). fskate.ru.
  2. „Tatiana DANILOVA / Mikalai KAMIANCHUK: 2016/2017“. International Skating Union. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Mikhalevich, Yuriy. „"Хочется доказать Тарасовой, что мы не хромые лошади". История пары фигуристов из Беларуси“ (Russian). tut.by (2017-yil 20-fevral). 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.