Michał Karbownik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michał Karbownik
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 13-mart 2001-yil (2001-03-13) (22 yosh)
Tavallud joyi Radom, Polsha
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fortuna Düsseldorf
(Brighton & Hove Albiondan ijara)
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011-2012 Zorza Kowala
2012-2015 Młodzik 18 Radom
2015-2018 Legia Warsaw
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2019 Legia Warsaw II 45 (0)
2019-2020 Legia Warsaw 31 (0)
2020- Brighton & Hove Albion 0 (0)
2020-2021Legia Warsaw (ijara) 5 (0)
2021-2022Olympiacos (ijara) 7 (0)
2022Olympiacos B (ijara) 12 (0)
2022-Fortuna Düsseldorf (ijara) 12 (1)
Milliy terma jamoa
2015-2016 Poland U15 2 (0)
2016-2017 Polsha U16 6 (0)
2017-2018 Polsha U17 13 (1)
2019 Polsha U18 3 (0)
2019 Polsha U19 7 (1)
2021-2022 Polsha U21 8 (0)
2020- Polsha 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12 noyabr uchun)

Michał Karbownik (talaffuzi: Mixail Karbovnik; 2001-yil 13-martda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Brighton & Hove Albion“ klubidan ijaraga olingan holda 2. Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorfda himoyachi sifatida oʻynaydi. Polsha terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karbownik Varshavadan 62 mil janubda joylashgan Radom shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini 10 yoshida Zorza Kowalada boshlagan. 2012-yilda mahalliy Młodzik 18 Radom klubiga qoʻshildi.

Legia Warsaw[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Karbownik Warsawning Legia jamoasi bilan shartnoma imzoladi, akademiyasiga qoʻshildi. 2019-yilda asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi va 2019-yil 25-avgustda „Legia“ safidagi debyutini safarda „Lodz“ga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi, Dominik Nagyga assistentlik qildi[1][2]. 2020-yilning may oyida Karbownik Legia bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi[3].

Karbownik asosiy oʻyinchi sifatida „Legia“ bilan 2019—2020-yilgi Ekstraklasa gʻolibi boʻlgan. 2020-yil yanvar oyida UEFA tomonidan 2020-yilda kutiladigan eng yaxshi yosh oʻyinchilardan biri deb topildi[4]. 2020-yil fevral oyida Polshaning „Piłka Nożna“ futbol jurnali tomonidan „Yil kashfiyoti“ deb topildi[5]. 2019—2020-yilgi mavsumda Ekstraklasa „Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi“ mukofotini qoʻlga kiritdi[6] va „Golden Boy“ mukofoti uchun 40 kishidan iborat boʻlgan nomzodlar roʻyxatidan joy oldi[7].

Brighton & Hove Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 6-oktabrda Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubi bilan 3 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi[8].

Legia Warsaw (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp oʻtmay Karbownik sobiq klubi Legia Warsawga mavsum oxirigacha ijaraga berildi[8]. Yangi bosh murabbiy Czesław Michniewicz qoʻl ostida Karbownik yarim himoyada oʻynay boshladi (ilgari Aleksandar Vuković qoʻl ostida chap qanot himoyasida oʻynagan). 2020-yil 2-noyabrda Legia Karbownikda COVID-19 testi ijobiy chiqqanini tasdiqladi[9], uchrashuvlarda ishtirok etmadi.

Brightonga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 17-yanvarda Brighton Karbownikni Legiyadagi ijarasidan qaytarib olganliklarini eʼlon qildi[10].

Karbownik 2021-yil 10-fevralda Leicester Cityga qarshi oʻyinda debyut qildi[11].

Olimpiakos (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 28-avgustida Karbownik Gretsiya chempioni „Olimpiacos“ ga mavsumiy ijara asosida sotib olish opsiyasi bilan qo‘shilishi eʼlon qilindi[12][13]. 12-sentabr kuni debyutini Atromitosga qarshi o‘yinda oʻtkazdi[14].

Fortuna Düsseldorf (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 4-avgustda Karbownik „Fortuna Dyusseldorf“ bilan shartnoma imzoladi[15].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil sentabr oyida Karbownik Polshaning Gollandiya va Bosniya va Gersegovinaga qarshi boʻlajak oʻyiniga chaqirildi, ammo ikkita oʻyinning birortasida ham maydonga tushmadi. 2020-yil 7-oktabrda milliy terma jamoa safida Finlandiyaga qarshi o‘yinda (5:1) debyut qildi[16]. Keyingi ikki oʻyinda Polshaning Italiya[17] va Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[18].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[19]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Legia Warsaw 2019—2020 Ekstraklasa 28 0 5 0 0 0 33 0
2020—2021 Ekstraklasa 3 0 1 0 4[lower-alpha 1] 0 8 0
Jami 31 0 6 0 4 0 41 0
Brighton & Hove Albion 2020—2021[20] Angliya Premyer-ligasi 0 0 1 0 0 0 1 0
2021—2022[21] Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 0 0 1 0 1 0 0 0 2 0
Legia Warsaw (ijara) 2020—2021 Ekstraklasa 5 0 1 0 6 0
Olympiacos (ijara) 2021—2022 Gretsiya Superligasi 2 7 0 0 0 1[lower-alpha 2] 0 8 0
Olympiacos B (ijara) 2021—2022 Gretsiya Superligasi 2 12 0 12 0
Fortuna Düsseldorf (ijara) 2022—2023 2. Bundesliga 12 1 1 0 13 1
Jami faoliyati 67 1 9 0 1 0 5 0 82 1
  1. Two appearances in UEFA Champions League, two appearances in UEFA Europa League
  2. Appearances in UEFA Europa League

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Legia Warsaw

  • Ekstraklasa : 2019—2020, 2020—2021

Olimpiacos

  • Gretsiya Superligasi: 2021—2022

Individual

  • Ekstraklasa mavsumining eng yaxshi himoyachisi: 2019—2020[22]
  • Ekstraklasa mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2019—2020

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ŁKS Łódź 2-3 Legia Warszawa“. www.90minut.pl. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  2. Kamieniecki. „Karbownik - pierwszy debiutant urodzony w XXI wieku“ (pl). legia.net (25-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  3. „Michał Karbownik podpisał nowy kontrakt“ (pl). Przegląd Sportowy (23-may 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  4. „UEFA have picked the 50 young players to watch out for in 2020“ (en-GB). GiveMeSport (2-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  5. „Michał Karbownik "Odkryciem Roku" w Plebiscycie "Piłki Nożnej"!“ (pl-PL). Legia Warszawa - Strona oficjalna. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  6. „Młodzieżowiec Sezonu 2019/2020 PKO Banku Polskiego: Michał Karbownik“. ekstraklasa.org. 25-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  7. „Golden Boy Award: List of top 40 nominees revealed“ (en-US). ProSoccerTalk | NBC Sports (16-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  8. 8,0 8,1 „Brighton sign Polish duo Jakub Moder and Michal Karbownik“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  9. S.A. „Koronawirus w Legii. Jeden z piłkarzy przeszedł test pozytywnie“ (pl). sport.tvp.pl (2-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  10. „Karbownik recalled from Legia Warsaw“. Brighton & Hove Albion F.C. (17-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  11. „FA Cup: Leicester 1-0 Brighton: Kelechi Iheanacho scores winner“. BBC Sport (10-fevral 2021-yil). Qaraldi: 10-fevral 2021-yil.
  12. „Michal Karbownik joins Olympiacos on loan“ (en). www.brightonandhovealbion.com. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  13. „Oficjalnie: Michał Karbownik w nowym klubie. Wielka szansa Polaka w krajowym gigancie“ (pl). Sport.pl (12-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
  14. „"White" draw - OLYMPIACOS - Olympiacos.org“ (pl). Sport.pl (12-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
  15. „Brighton: Karbownik heads out on loan to Germany - BBC Sport“ (English). BBC Sport (4-avgust 2022-yil). Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  16. „Ofensywnie i do przodu! Polska wysoko pokonuje Finlandię. Hat-trick Grosickiego“ (pl). pzpn.pl. Polish Football Association (7-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  17. „Polska - Włochy 0:0. Skrót meczu - Polsat Sport“ (pl). www.polsatsport.pl. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  18. „Poland 3-0 Bosnia and Herzegovina: Lewandowski double inspires hosts“ (en). UEFA.com (14-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  19. Michał Karbownik Soccerway saytida. Retrieved 10 April 2021.
  20. „Games played by Michał Karbownik in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-aprel 2021-yil.
  21. „Games played by Michał Karbownik in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-avgust 2021-yil.
  22. „Jorge Felix piłkarzem sezonu 2019/20 PKO Ekstraklasy!“. tvpsport.pllanguage=pl (19-iyul 2020-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.