Radom
Radom — Polshaning markaziy qismidagi shahar. Radom voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 232,3 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (tikuv mashinalari, telefon apparatlari ishlab chiqarish), kimyo, koʻnpoyabzal, oyna-shisha, oziq-ovqat (tamaki, goʻsht) sanoati korxonalari bor.
R. Polshaning qad. shaharlaridan. Qoʻlyozmalarda 12-asrdan tilga olingan. 1505-yilda R.da Radom konstitutsiyasi qabul qilingan. 14—16-asrlarda Polsha majlisining qarorgohi boʻlgan. 14—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |