Mengistu Haile Mariam
Mengistu Haile Mariam (1937-yil 21-mayda tavallud topgan) – Efiopiya prezidenti, Davlat kengashining raisi, Sotsialistik Efiopiya qahramoni. 1970-1987—yillarda Efiopiya Ishchilar partiyasi Bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. 1969-1970—yillarda AQSHda artilleriya-texnika xizmati offiserlari tayyorlash kursini tamomlagan[1].
Asosiy sinfiy dushman xalq ommasining keng ishtirokida demokratik fuqarolar hukumatini tuzishga chorlayotgan Efiopiya xalq inqilobiy partiyasi edi. Yashirin aʼzolari „Derg“ning sakkizta aʼzosini va uning bir nechta tarafdorlarini oʻldirgan. Buni bilib qolgach Mengistu, koʻplab xalq toʻplangan Addis-Abebaning bosh maydoniga chiqib, ichida qizil suyuqlik toʻla boʻlgan shisha idishni yerga urib sindirgan. „Inqilob dushmanlarining qoni xuddi shunday toʻkiladi! Oq terrorga qizil terror bilan javob beramiz!“- deb xitob qilgan. ikki yil ichida 1977-1978—yillarda minglab yigit-qizlar, asosan talabalar oʻldirilgan, ularni „aksilinqilobiy faoliyat“ olib borilayotganligi haqida shubha qilinishi bilanoq otib tashlashgan. Ota-onalari farzandlarining jasadlarini olish uchun bolalari otib oʻldirilgan oʻqlarning pulini toʻlashlari kerak boʻlgan [2].
1987-yilda SSSRda „qayta qurish“ eʼlon qilingan. Efiopiyaga qurol va pulning oqimi aynan diktatorlik tuzumi ularga juda ham muhtoj boʻlgan paytda parokandalikka uchragan. Efiopiya xalqlarining inqilobiy-demokratik fronti Addis-Abeba atrofidagi halqani asta-sekinlik bilan siqib kelgan. Tuzum bir necha yil qarshilik koʻrsatgan. Urush boy berilganligi aniq boʻlib qolganidan keyin, u paytga kelib butun xalq tomonidan „saylab“ qoʻyilgan prezident Mengistu Haile Mariam 1991-yilning 21-may kuni oʻz vakolatlaridan voz kechgan va mamlakatdan qochib ketgan.
Harbiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yilda polkovnik Mengistu Haile Mariam boshchiligidagi Muvaqqat hatbiy-maʼmuriy kengashga oʻtgan paytdan boshlab, avvaliga Mengistu Vashington bilan anʼanaviy munosabatlarni uzishga shoshilmagan, aksincha Eritreyada isyon boshlanganligi va tez orada isyonkorlar bu viloyat hududining anchagina qismini egallab olganligi tufayli efioplar hatto, Amerika yordamining miqyosini oshirib koʻrishga ham harakat qilganlar. Biroq, AQSh Efiopiyaning iltimoslariga juda sovuq munosabatda boʻlgan. Efiopiyaning yangi rahbarlari nomiga esa „inson huquqlari“ni buzayotganligi haqida ayblovlar yogʻilgan[3].
AQSh prezidenti Jimmy Carter maʼmuriyati hatto, avval imzolangan shartnomalar boʻyicha ham harbiy yordamini toʻxtatib qoʻygan. Ana shu tarzda hali 1973-yilda buyurtma berilgan 14 ta F-5E kiruvchi va 3 ta F-5F oʻquv-jangovar samolyotlaridan faqat 8 ta F-5E samolyotlari olingan. Ana shunday sharoitlarda Mariam avvaliga Xitoyga umid bogʻlagan, lekin u davrlarda Xitoyning imkoniyatlari juda cheklangan edi. 1977-yilning aprelida amalda AQSh bilan barcha aloqalar toʻxtatilgan, mayda esa Mengistu Haile Mariam rasmiy tashrif bilan Moskvaga kelgan. Harbiy yordam evaziga u SSSRga harbiy-dengiz porti sifatida Efiopiyaning Massavaportini berishni vaʼda qilgan. 1977-yilning iyun-iyul oylaridayoq Sovet Ittifoqi Efiopiyaga tanklar, sudrab yuriladigan va oʻziyurar artilleriya qurollari, biryoʻla oʻt ochuvchi reaktiv sistemalar va zenit-raketa komplekslarini yetkazib bera boshlagan[3].
Mengistuning 17 yillik boshqaruvi davrida 200 mingdan ziyod kishi halok boʻlgan. Polkovnik Mengistuning shaxsan oʻzi oxirgi Efiopiya imperatori Haile Selassieni boʻgʻib oʻldirgan. 1991-yildan buyon Mengistu Haile Mariam Zimbabveda yashagan. 1995-yildan unga bir necha marta suiqasd uyishtirishga urinishgan. Bu suiqasdlardan soʻng u oʻz qarorgohini deyarli tark etmagan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mengistu 1968-yilda Wubanchi Bishaw bilan turmush qurgan. Ularning Andinet ismli oʻgʻillari va Tigist va Timihirt ismli qizlari boʻlgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Four facts about Mengistu, the Ethiopian dictator who overthrew Emperor Haile Selassie in 1974“. Face 2 Face Africa.
- ↑ „Mengistu found guilty of genocide“. BBC News (2006-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 8-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 Provisional Military Administrative Council
- ↑ Bahru Zewde, A History of Modern Ethiopia, second edition (London: James Currey, 2001), p. 249
- ↑ „Mengistu Haile Mariam Facts“. biography.yourdictionary.com. Qaraldi: 2020-yil 26-may.