Kontent qismiga oʻtish

Efioplar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efioplar, itioplar, itoplar (yun. anxiopz — quyoshda qoraygan), habashlar — 1) qadimda — Misrdan janubda, Nubiya va hozirgi Efiopiya hududida yashagan aholi nomi; 2) Efiopiya aholisining umumiy nomlanishi. Umumiy soni 52 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Amxara tilily. soʻzlashadi. Dindorlari — xristianlar, sunniy musulmonlar; bir qismi iudaizmt eʼtiqod qiladi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Janubiy Arabistondan Efiopiyaga ayrim arab qabilalari bir necha marta koʻchib kelib kushit tillarit soʻzlashuvchi mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Efioplarning asosiy etnik komponentini amxara, gurage, qisman galla, tigraylar, Efiopiyaning markaziy qismida esa agau, kaffa, uolamo va boshqalar xalqlar tashkil qiladi. Ushbu xalqlar negizida efiop millatining shakllanish jarayoni bormoqda. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, chorvachilik.