Maymanoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maymanoq
ruscha: Майманак
Shaharcha
39°03′14″N 65°25′0″E / 39.05389°N 65.41667°E / 39.05389; 65.41667 G OKoordinatalari: 39°03′14″N 65°25′0″E / 39.05389°N 65.41667°E / 39.05389; 65.41667 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kasbi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Maymanoq ruscha: Майманак xaritada
Maymanoq ruscha: Майманак
Maymanoq
ruscha: Майманак

Maymanoq (ruscha: Майманак) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi arab tilidan oʻzlashtirilgan boʻlib, maymana soʻzi qoʻshinning oʻng tomoni sifatida qoʻllaniladi. Lugʻatshunos olim Suyun Qorayevning izlanishlariga koʻra, qirgʻiz xalqining manaq nomli urugʻi ayni shu hudud nomi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Maymanoq asli qadim tarixiy eron tillariga mansub nom hisoblanadi. Shaharcha nomini may + man + (-) aq yoki may + manak dan tarkib topgan. Manaq yoki manak soʻzlari qishloqcha maʼnosida qoʻllanilgan. Maymanak bu kichik Manak qishlogʻi hisoblanadi[2].

Oʻxshash joy nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida Manaq nomli qishloq bor. Afgʻonistonda esa bir shahar nomi Maymana deb ataladi[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maymanoq shaharchasi Kasbi tumanining shimoliy qismida, ayni tuman chegarasida joylashgan. Hududga yaqin aholi punktlari Olchin va Koʻhna Qatagʻon shaharchalari hisoblanadi. Maymanoqtogʻ togʻ tizmasi shaharning janubiy-gʻarbiy qismida joylashgan va shahar hududiga kirmaydi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharchaga yaqin hududda Maymanoq togʻ tizmasi mavjudligi shahar iqlimiga taʼsir qiladi. Maqmanoqning iqlimi keskin kontinental boʻlib, yozi issiq, quruq va uzoq davom etadi. Bahor va kuzda yogʻin kam miqdorda tushadi. Qishda qor juda oz yogʻadi, qattiq sovuq boʻlmaydi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0° C dan 6° C gacha, iyul oyiniki esa 28,2°-31,6° C ga yetadi. Yil davomida yogʻingarchilik kunlari 58-60 kundan oshmaydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Maymanoq shaharchasida 19517 nafar kishi yashagan. 2016-yil 1-yanvardagi xatlov natijasiga koʻra esa bu koʻrsatkich 21 mingdan ortiqroq boʻlgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. 2,0 2,1 To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 159 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 154 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.